Zelenskiy uruşni töxtatişga tayyor – OAV
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan tinçlik bitimini AQŞ Prezidenti Donald Tramp istagan joyda, jumladan, Oq uy yoki Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida imzolaşga tayyorligini malum qildi. Bu haqda u amerikalik konservativ şarhlovçi Laura Lumerga bergan intervyusida söz oçdi.
Zelenskiyning aytişiça, asosiy masala bitim qayerda imzolanişi emas, balki unga qaçon erişilişidir. U Ukraina uçun eng muhim vazifa fuqarolar hayotini saqlab qoliş ekanini takidlab, uruş yana önlab yillar davom etişidan köra, uni tezroq yakunlaş afzal ekanini qayd etgan.
Malum qilinişiça, Kiyev va Vaşington ayni paytda uruşni tugatişga qaratilgan diplomatik say-harakatlarni kuçaytirmoqda. Zelenskiy Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan muzokaralar ötkazgan. Tomonlar Rossiyaga taqdim etilişi mumkin bölgan yangi takliflar, jumladan havo hududida öt oçişni töxtatiş masalasini ham muhokama qilgan.
Şuningdek, Zelenskiy 2025 yil aprel oyida Vatikanda Donald Tramp bilan bölib ötgan şaxsiy uçraşuv ularning munosabatlarida buriliş nuqtasi bölganini aytgan. Uning sözlariga köra, öşa suhbatdan keyin tomonlar örtasidagi taranglik kamaygan.
Ayni vaqtda Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov AQŞni 2025 yil avgust oyida Alyaskaning Ankorij şahrida ötgan sammitdagi ayrim majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblamoqda. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio esa Ankorijda muhokama qilingan hududiy takliflar Ukraina tomonidan rad etilgani sababli muvaffaqiyatsiz bölganini va endi tinçlikka erişiş uçun yangi takliflar işlab çiqilişi kerakligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 8 iyul kuni Turkiyaning Anqara şahrida ötgan NATO sammiti doirasida Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy uçraşgandi. Öşanda Tramp Ukrainadagi uruşni tugatiş oson emasligini, biroq muzokaralarda sezilarli siljiş borligini aytib, Putin va Zelenskiy mojaroni yakunlaşni istayotganini bildirgan edi.