Putin Töqayevning uruşni “muzlatiş” taklifini rad etdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevning Ukrainadagi uruşni “muzlatiş” haqidagi taklifiga javoban harbiy harakatlar faqat Rossiya tomonidan qöyilgan maqsadlarga erişilganidan keyingina töxtatilişini aytdi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov malum qildi.
Peskovning sözlariga köra, Putin taklifga javoban Töqayevga “maxsus harbiy operatsiya haqida hammasini batafsil aytib bergan”. Kreml vakili, şuningdek, Kiyevning pozitsiyasini hisobga olgan holda “muzlatib qöyişning imkoni yöqligini” bildirgan.
“Biz uçun eng asosiy şart bor – biz öz maqsadlarimizga erişişimiz kerak”, deydi Peskov.
Uning qöşimça qilişiça, harbiy harakatlarni töxtatiş şartlari Rossiya TIV tomonidan ikki yil oldin bayon qilingan va ularning sözlariga köra, agar Ukraina rasmiylari tegişli qarorlarni qabul qilsa, uruş “bugun kun oxirigaça töxtaşi mumkin”.
Eslatib ötamiz, avvalroq Omskdagi uçraşuvda Töqayev uruşni “muzlatib qöyiş”ni, “Istanbul formulasi 2.0”ga qaytişni va “buyuk davlatlar”, jumladan, Rossiya kafolati ostida tinç yöl bilan hal etiş sari harakatni davom ettirişni taklif qilgan edi.