Rossiyaning Belgorod şahriga dron hujumida 12 kişi jarohatlandi
Ukraina dronlarining Rossiyaning çegara hududidagi Belgorod şahriga hujumi oqibatida 12 kişi, jumladan ikki nafar bola jarohatlandi. Bu haqda Belgorod viloyati hokimiyati malum qildi.
Mahalliy rasmiylarga köra, hujum oqibatida köp qavatli turar joy binosidagi bir neçta xonadon va 15 dan ortiq avtomaşina yongan.
Şuningdek, Rossiya janubidagi Azov dengizi böyida joylaşgan yirik eksport markazi Rostov-Don şahrida ham Ukraina havo hujumi köp qavatli turar joy binosiga zarar yetkazgan. Bu haqda şahar meri Aleksandr Skryabin Telegram orqali malum qildi.
Ayni paytda Ukrainaning şimolidagi Sumi viloyatida Rossiyaning havodan taşlangan bomba hujumi oqibatida beş kişi jarohatlangan. Bu haqda viloyat gubernatori Oleg Hrihorov malum qildi.
Malumot örnida, Rossiya ham, Ukraina ham 2022 yil fevralda Rossiyaning keng kölamli bosqini bilan boşlangan uruş davomida tinç aholiga qasddan zarba berayotganini rad etib keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina yuzlab dronlar bilan Rossiyaning 23 hududiga zarba bergandi.