Ukraina yuzlab dronlar bilan Rossiyaning 23 hududiga zarba berdi
Bugun, 25 iyulga ötar keçasi Ukraina dronlari Rossiyaning bir qator hududlari hamda anneksiya qilingan Qrimga hujum qildi. Zarba oqibatida 9 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusarning malum qilişiça, Rostov-Don şahrida tört kişi, Krasnosulinskiy tumanida esa yana bir kişi jarohatlangan. Rostov-Donda ikkita köp qavatli uy, ikkita xususiy uy, qurilişi davom etayotgan baland binolar, tijorat obektlari va omborlarga yengil zarar yetgan.
Belgorod viloyati ham dronlar hujumiga uçragan. Viloyat rahbari vazifasini bajaruvçi Aleksandr Şuvayev hujum oqibatida jabrlanganlar borligini, şahar köçalarida şikastlanişlar va yonğinlar yuz berganini bildirgan.
Keyinçalik Şuvayev Belgorod şahri va Belgorod tumaniga uyuştirilgan tungi hujum oqibatida tört kişi, jumladan, yonğinni öçiriş vaqtida işlayotgan FVV xodimi ham jarohat olganini malum qilgan.
Saratov viloyatida tunda raketa va dronlar xavfi elon qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi keça, 24 iyul oqşomidan buyon havo hujumidan mudofaa kuçlari Ukrainaning 328 ta dronini tutib qolib, yöq qilganini malum qilgan.
Vazirlikka köra, dronlar Belgorod, Bryansk, Volgograd, Voronej, Kirov, Kursk, Lipetsk, Nijniy Novgorod, Oryol, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Tula va Ulyanovsk viloyatlari, Moskva mintaqasi, Krasnodar ölkasi, Çuvaşiya, Mariy El, Boşqirdiston, Qalmoqiston, şuningdek, anneksiya qilingan Qrim va Azov dengizi akvatoriyasi uzra urib tuşirilgan.
Eslatib ötamiz, Rossiyaning keça, 24 iyul kuni Ukrainaning Kiyev viloyatiga bergan ballistik raketa zarbasi oqibatida mudofaa sanoatiga bağişlangan tadbirda 10 kişi halok bölib, qariyb 100 kişi jarohatlangan edi.