USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nigeriyada qurollilar qişloqqa hujum qilib, önlab insonlarni vahşiylarça öldirdi

83 марта
Нигерияда қуроллилар қишлоққа ҳужум қилиб, ўнлаб инсонларни ваҳшийларча ўлдирди

Nigeriyaning Kaduna ştatida qurolli şaxslar qişloqqa hujum qilişi oqibatida kamida 30 kişi halok böldi. Qurbonlar orasida 8 nafar bola ham bor. Bu haqda mahalliy aholi vakillariga tayanib “Reuters” xabar berdi.

Malum qilinişiça, hujum 28 iyul kuni tongga yaqin Kaduna ştatining Kauru mahalliy boşqaruv hududida joylaşgan Naridon qişloğida sodir bölgan. Qurollangan şaxslar qişloqqa bostirib kirib, aholiga qarata betartib öq uzgan va uylarga öt qöygan.

Qişloq oqsoqoli kotibi Dogon Rananing aytişiça, halok bölganlar orasida 8 nafar bola bor, yana 4 kişi jarohat olgan.

Yana bir mahalliy aholi vakili Işaya Davaning sözlariga köra, hujumçilar yarim tun atrofida qişloqqa kirib kelgan. Ayrim aholi vakillari söyib öldirilgan, bir neçta jasad morgga olib ketilgan.

“Qurbonlar ayollar, bolalar va keksalardir”, – degan Dava. 

Uning takidlaşiça, hujumçilar uylarga öt qöygaç, voqea joyidan qoçib ketgan. Xavfsizlik kuçlari esa qişloqqa hujumdan bir neça soat ötgaç, ertalab yetib kelgan.

Nigeriyaning şimoli-ğarbiy va şimoliy-markaziy hududlarida qurolli jinoiy guruhlar tomonidan amalga oşiriladigan hujumlar asosiy xavfsizlik muammolaridan biri bölib qolmoqda. Mamlakatning şimoli-şarqiy qismida esa “Boko Harom” va IŞIDning Ğarbiy Afrikadagi tarmoği (ISWAP) isyonçilik harakatlarini davom ettirmoqda.

Hozirça Kadunadagi hujum uçun heç qaysi guruh javobgarlikni öz zimmasiga olmagan. Ştat politsiyasi matbuot kotibi Mansur Hasan voqea yuzasidan batafsil malumot keyinroq taqdim etilişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Suriyada ikki avtobus iştirokida sodir bölgan yirik yöl-transport hodisasi oqibatida kamida 35 kişi halok bölgan, yana 30 kişi jarohat olgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: