USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkmaniston Prezidenti biryöla 2 vazir va 4 hokimni işdan haydadi

276 марта
Туркманистон Президенти бирйўла 2 вазир ва 4 ҳокимни ишдан ҳайдади

Joriy yilning 10 iyul kuni Turkmanistonda 2026 yilning birinçi yarim yilligi yakunlari böyiça Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisi bölib ötdi. Unda mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kadrlar özgarişini elon qildi: ikki vazir, tört hokim va gazeta boş muharriri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Turkmen news” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Turkmaniston hukumatining kengaytirilgan majlislarida qoida tariqasida faqat muvaffaqiyatlar va barqaror ösiş körsatkiçlari tilga olinadi. 10 iyul kuni ham mamlakat YaIMning ösiş surati 6,3 foizni taşkil etayotgani aytib ötilgan. Şunga qaramay, mulozimlarning hisobotlari davomida Serdar Berdimuhamedov ularning ayrimlarini işdan böşatayotganini elon qilgan.

Hukumatdagi özgarişlar mamlakat uçun ustuvor bölgan neft-gaz majmuasiga daxl qilgan. Vazir darajasiga tenglaştirilgan “Turkmengeologiya” davlat korporatsiyasi raisi Gurbangeldi Garliyev lavozimini yöqotgan. Prezident uni “boşqa işga ötişi munosabati bilan” degan tarif bilan lavozimidan ozod etgan. Garliyev uç yilga yaqin vaqt mobaynida mamlakat yerosti boyliklarini qidiriş böyiça masul edi. Uning örnini şu vaqtgaça “Turkmengaz” davlat kontserni raisi örinbosari bölib işlagan Berdimurat Amanov egallagan.

“Işda yöl qöygan jiddiy kamçiliklari uçun” Madaniyat vaziri Atageldi Şomurodov işdan böşatilgan. U hukumatda eng uzoq işlaganlardan biri bölib, öz lavozimini töqqiz yil davomida egallab kelayotgan edi. Şomurodov oxirgi ogohlantiriş bilan hayfsanni beş yil muqaddam Gurbanguli Berdimuhamedovdan olgan. Mulozim bu safar qöpol xatoga yöl qöydimi yoki unga nisbatan oddiy etirozlar töplanib qolganmi, nomalum. Yangi Madaniyat vaziri etib ilgari örinbosar lavozimida işlagan Gurbanmurat Murodaliyev tayinlangan. Prezident unga olti oylik sinov muddati belgilagan. 

Işdagi jiddiy kamçiliklari uçun işdan böşatilgan yana bir mulozim “Nesil” gazetasi boş muharriri Ortiqguli Xöjaberdiyev bölgan. Uning örniga yarim yillik sinov muddati bilan Xolligözal Şonazarova tayinlangan.

Serdar Berdimuhamedov mintaqaviy boşqaruv organlarida ham bir qator qayta tayinlovlarni ötkazgan. U Mari viloyatida Dovranberdi Annaberdiyevni “boşqa işga ötişi munosabati bilan” lavozimidan ozod etgan.

Annaberdiyev uşbu kursini ropa-rosa bir yil egallagan va bu davr mobaynida viloyatning köplab muammolarini hal eta olmagan: dehqonlar va mamlakat hosilni yöqotişiga olib kelayotgan qişloq xöjaligidagi korruptsiya, yozgi issiqda elektr energiyasidagi ommaviy uzilişlar, yonilği tanqisligi. Biroq etiborli jihati şundaki, uşbu muammolarning bazilarini, masalan agrar sektordagi poraxörlikni sobiq hokimning özi yaratgan yoki çuqurlaştirgan. Çunki u ilgari ham viloyatni boşqargan. Uning avvalgi muddati ham 2023 yilning iyul oyida, ammo ança dramali tarzda yakunlangan: işdan böşatilganidan söng u hibsga olinib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Manbalar xabariga köra, hukmda beparvolik va özlaştiriş ayblari rol öynagan, jinoyat işi göyoki Gurbanguli Berdimuhamedovning xohişi bilan oçilgan. Öz navbatida, Annaberdiyevning muddatidan oldin ozod qilinişini taminlagan şaxs sifatida aynan Serdar Berdimuhamedov tilga olingan. Annaberdiyevning örniga prezident Botir Orazgilijovni tayinlagan.

Bolqon viloyatida Rovşen Jumayev yangi hokim bölgan. U Ahal viloyatining Oqbuğdoy tumani hokimi lavozimidan ötkazilgan. U yerga esa sobiq hokim örinbosari Ezizgeldi Aşirov kötarilgan. 

Şuningdek, Lebap viloyatini endilikda bungaça Bolqon viloyatini boşqargan Xöjamurod Aşurmurodov boşqaradi. Durdi Genjiyev lavozimidan ozod etilgan. U bir yil davomida viloyat rahbarligini Davlat suv xöjaligi qömitasi raisligi bilan birga olib borgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: