Turkiyada yana bir tumanning muxolif meri qölga olindi
Bugun, 29 iyul kuni Turkiyada Istanbulning muxolifat boşqarayotgan tumani hokimi va yana beş kişi quriliş hamda foydalanişga ruxsatnomalar berişdagi qonunbuzarliklar böyiça ötkazilayotgan tergov doirasida qölga olindi. Bu haqda mamlakatning NTV telekanali xabar berdi.
Malum qilinişiça, hibsga olinganlar orasida Uskudar tumani hokimi Sinem Dedetoş, tuman hokimi örinbosari, kotib, arxitektor, tadbirkor va pudratçi bor. Şuningdek, huquq-tartibot idoralari Istanbuldagi 11 ta manzilda bir vaqtning özida tintuv ötkazib, gumonlanuvçilarga tegişli raqamli materiallarni musodara qilgan.
Tergov malumotlariga köra, munitsipalitet qurilişga ruxsat beriş jarayonini şunday tizim asosida muvofiqlaştirganki, unda pudratçilar ruxsatnoma oliş uçun avval maslahat xizmatlari böyiça şartnoma imzolaşga majbur bölgan.
Bu hodisa 2024 yildan buyon Prezident Rajab Toyib Erdöğanga muxolifatdagi asosiy partiya boşqarayotgan munitsipalitetlarga qarşi olib borilayotgan keng kölamli huquqiy çoralarning navbatdagi bosqiçi sifatida baholanmoqda.
Muxolifat barça ayblovlarni rad etib, tergovlar siyosiy sabablarga köra amalga oşirilayotganini bildirgan. Turkiya hukumati esa mamlakat sud tizimi mustaqil faoliyat yuritişini bildirib kelmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya prokuraturasi Anqaradagi muxolifat nazoratidagi Çankaya tumani hokimi hamda yana 35 nafar şaxsni pora oliş va davlat tenderlarida qoidabuzarlik qiliş gumoni bilan qölga olişga order bergandi.