Bizga raketa kerak! – Ukrainaning AQŞdagi elçisi
Ukraina Rossiya bilan yangi öt oçişni töxtatiş muzokaralari 5 yildan buyon davom etayotgan uruşni qiş kirişidan oldin töxtatişiga umid qilmoqda. Biroq mamlakat Rossiyaning hujumlaridan himoyalaniş uçun hoziroq ballistik raketalarga qarşi yangi raketalarga muhtoj. Bu haqda Ukrainaning AQŞdagi elçisi Olga Stefanişina malum qildi.
Stefanişinaning aytişiça, Kiyev Pentagon bilan Patriot PAC-3 raketalarini Ukrainada litsenziya asosida işlab çiqariş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Biroq bu jarayon 12 oydan 5 yilgaça vaqt olişi mumkin. Şuningdek, Ukraina PAC-3 raketalarini uzoq muddatli şartnoma asosida xarid qiliş va işlab çiqariş navbatida boşqa xaridor bilan örin almaşiş imkoniyatini ham muhokama qilmoqda.
Elçi Çristian Science Monitor tomonidan taşkil etilgan tadbirda Patriot tizimi işlab çiqaruvçisi Raytheon kompaniyasi vakillari allaqaçon Ukrainaga borganini, PAC-3 tutuvçi raketalarini işlab çiqaruvçi Lockheed Martin esa mamlakatga mutaxassislar guruhini yuboriş ustida iş olib borayotganini aytgan.
“Har keça sodir bölayotgan hujumlarning vayronkor tasiri tasavvur qilib bölmaydigan darajada. Keça ham, undan oldingi keça ham 30–40 ta ballistik raketa uçirildi”, degan Stefanişina.
Uning takidlaşiça, Ukraina Eron va Rossiyada işlab çiqarilgan dronlarga qarşi samarali himoyalana olmoqda, ammo ballistik raketalarga qarşi hali yetarli himoya vositasiga ega emas. Ayni paytda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bunday raketalar işlab çiqarişni tez suratlarda oşirmoqda.
“U Ukrainani yöq qiliş niyatida. Şuning uçun biz turli imkoniyatlarni izlayapmiz. Köp sohalarda muvaffaqiyatga erişdik, ammo bu qiş uçun bizga aynan raketa kerak”, degan u.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 28 iyul kuni Oq uyda AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan uçraşib, Rossiya hujumlari kuçayib borayotgan bir paytda yangi havo hujumidan mudofaa tizimlarini ajratiş hamda uruşni tugatişga qaratilgan yangi diplomatik say-harakatlarni boşlaş masalasini muhokama qildi.
Stefanişinaning sözlariga köra, bu jarayon AQŞ muzokaraçilari Stiv Uitkoff va Jared Kuşnerning Kiyevga ehtimoliy taşrifini ham öz içiga olişi mumkin. Ularning taşrifi sanasi hali belgilanmagan bölsa-da, u kelasi hafta yoki undan keyin amalga oşişi mumkin.
Elçi Zelenskiy janglarni hozirgi front çiziğida töxtatiş va şu asosda muzokaralarni boşlaş taklifini yana bir bor ilgari surganini bildirgan. Şu bilan birga, qiş mavsumi yaqinlaşayotgani sababli tezkor çoralar köriş zarurligini takidlagan.
Stefanişina, şuningdek, Ukraina OAVsida tarqalgan, öz lavozimini tark etiş haqida ariza yozgani töğrisidagi xabarlarni tasdiqlagan. Uning aytişiça, bir yil avval AQŞdagi elçi lavozimiga tayinlanganidan keyin şaxsiy mol-mulk deklaratsiyalariga oid korruptsiya ayblovlari yuzasidan özini himoya qiliş uçun Ukrainaga qaytişga qaror qilgan.
Uning sözlariga köra, Zelenskiy undan istefoga çiqişni talab qilmagan va lavozimini tark etişini istamagan. Biroq elçi özi va oilasi uçun “işimni şaxsan himoya qiliş eng töğri qaror” deb hisoblaşini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp NATOning Anqaradagi sammiti doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşuvda AQŞ Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimi uçun tutib qoluvçi raketalarni işlab çiqariş litsenziyasini berişi mumkinligini bildirgandi.