Ukrainaga Patriot raketalari uçun litsenziya beriladi – Tramp
AQŞ Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimi uçun tutib qoluvçi raketalarni işlab çiqariş litsenziyasini berişi mumkin. Bu haqda AQŞ Prezidenti Donald Tramp NATOning Anqaradagi sammiti doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşuvda malum qildi.
Bu Kiyev uçun katta yutuq bölib, Ukraina uzoq vaqtdan beri mazkur mudofaa qurollarini mahalliy işlab çiqarişga ruxsat sörab kelayotgan edi.
“Biz sizlarga Patriot’larni işlab çiqariş uçun litsenziya beramiz. Bu juda yaxşi. Endi sizlar biz yetarliça bermayapmiz, deb şikoyat qila olmaysizlar. Bu hujum qurolidan köra menga köproq yoqadigan mudofaa quroli.”, degan Tramp sammit doirasidagi Ukraina rahbari bilan uçraşuvd
Tramp litsenziyaning aniq şartlari haqida malumot bermagan. Biroq uçraşuv ohangi uning avval Zelenskiyni “minnatdor emas” deb tanqid qilgan çiqişlaridan keskin farq qilgan.
Keça, 8 iyul kuni uçraşuvda Tramp ikki rahbar örtasida “juda yaxşi” munosabatlar şakllanganini aytgan hamda Moskva va Kiyevning har ikkisi ham 2022 yil fevralda Rossiya bosqini bilan boşlangan uruşni yakunlaşni istayotganini bildirgan. Şuningdek, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ham muloqot qilişini malum qilgan.
“Biz köplab uruşlarni töxtatdik. Men buni eng osoni böladi, deb öylagan edim. Ammo Putin ham qiyin inson, bu yigit ham qiyin inson”, degan Tramp Zelenskiyga işora qilib.
Zelenskiy esa AQŞ rahbari bu uruşni töxtatişiga işonç bildirgan.
“Bu uruşni töxtatiş uçun qölingizdan kelgan barça işni qilişingizga işonaman”, degan Zelenskiy Trampga.
Yaqin muddatda Kiyevga tayyor tutib qoluvçi raketalar yetkazib beriladimi-yöqmi, bu hozirça aniq emas. Manbalarning takidlaşiça, yangi Patriot raketalari ehtimol Germaniya yoki boşqa Yevropa davlatlarida işlab çiqariladi. Bu ularni Ukraina hududida işlab çiqariş holatida Rossiya zarbalari nişonga aylantirmaslik maqsadida rejalaştirilgan.
“Agar Ukrainaga Patriot işlab çiqariş litsenziyasi berilsa, bu juda katta voqea böladi. Biroq Ukrainaga havo mudofaa raketalari hozir kerak, kelajakdagi işlab çiqarişni kutib tura olmaydi”, deb yozgan AQŞning Rossiyadagi sobiq elçisi Maykl Makfol X ijtimoiy tarmoğida.
Trampdan AQŞ zudlik bilan qöşimça Patriot raketalarini yuboradimi, deb söralganda, u “ayrimlari” darhol yuborilişi mumkinligini aytgan hamda Ukraina öz işlab çiqarişini ham tezda boşlay olişiga işonişini bildirgan.
“Bizda Patriot’lar bor, ammo ular juda köp emas. Ular özimizga ham kerak. Menimça, Ukraina ularni ança tez işlab çiqara oladi. Biz texnologiyani tuşuntirganimizdan keyin kompaniyani bu yerga olib kelamiz. Sizlar kompaniya bilan işlaysizlar. Ular murakkab qurollarni işlab çiqariş böyiça katta salohiyatga ega”, degan Tramp.
Zelenskiy bir neça bor AQŞda işlab çiqarilgan Patriot raketalarini sörab kelgan. Bu Rossiya ixtiyoridagi ballistik raketalarni yöq qila oladigan yagona tizim hisoblanadi. Bunday nişonlarning yuqori tezligi va tik parvoz trayektoriyasi ularni töxtatişni juda qiyinlaştiradi.
Tramp, şuningdek, kompaniyalarga Patriot raketalarini köproq işlab çiqariş böyiça bosim ötkazilişi mumkinligini bildirgan.
Malumot uçun, Patriot tizimida qöllaniladigan tutib qoluvçi raketalarning asosiy pudratçisi Lockheed Martin, tizimning özi esa 1980-yillarda Raytheon tomonidan işlab çiqilgan. Har ikki kompaniya Yevropa raketa işlab çiqaruvçisi MBDA bilan hamkorlik qiladi.
Ukrainaning Vaşingtondagi elçisi Olga Stefanişina Anqaradagi uçraşuv AQŞ va Ukraina örtasidagi hamkorlik böyiça “bir neçta muhim strategik signallar” berganini aytgan hamda bu signallar aniq qarorlarga aylanişidan umid bildirgan.
“Biz AQŞning adolatli va uzoq muddatli tinçlikka erişiş yölidagi doimiy iştirokini yuqori baholaymiz”, degan u.
AQŞ Kongressi azolari ham bu qarorni olqişlagan.
“Bu ajoyib qaror. Hozirgi işlab çiqariş ehtiyojni qoplamayapti va bu albatta yordam beradi”, deb yozgan Nebraskadan respublikaçi kongressmen Don Beykon X tarmoğida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Zelenskiy bilan uçraşuv davomida AQŞ Prezidentidan Ukrainaga boriş masalasida berilgan savolga ijobiy javob bergandi.