Rossiyalik qömondonning tuğilgan kunida bomba portladi. Qurbonlar bor
Keça, 1 avgust kuni Moskvaning Kudrinskaya maydonida portlaş sodir böldi. Bu haqdagi malumotni Moskva böyiça IIV Boş boşqarmasi tasdiqladi.
“Baza”ning aniqlik kiritişiça, portlaş Stalin davriga oid baland qavatli binoning birinçi qavatida joylaşgan “Balzi Rossi” restoranida yuz bergan. Restoran keça, 1 avgust kuni tadbir uçun yopilgan bölgan. “112” Telegram-kanali bu tadbir “50 kişilik töy” bölganini yozmoqda. “Astra” esa voqea guvohiga tayanib, restoranda “generalning tuğilgan kuni” nişonlanganini xabar qildi.
Portlaşning dastlabki sabablari sifatida restoran oşxonasidagi gaz uskunasining portlaşi aytilgan edi. Biroq oradan köp ötmay Milliy antiterror qömitasi restoran kiriş qismida ayol kişi içkariga olib kirişga uringan qölbola bomba harakatga kelganini malum qildi. Uni qöriqçi içkariga kiritmagan. Ularning ikkalasi va yana bir mehmon halok bölgan. 21 kişi jarohat olgan.
“Kommersant” malumotlariga köra, portlaş “qattiq qöriqlanadigan” xususiy bazm paytida sodir bölgan. Metall şarçalar bilan töldirilgan bomba masofadan turib portlatilgan. Dastlabki taxminlarga köra, ayol katta ehtimol bilan quti içida nima borligini bilmagan. U sovğa olib kelganini aytgan. Holat böyiça “Terroçilik harakati” (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi) moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Teraktning nişoni, ehtimol, Rossiya Kosmik-harbiy kuçlari boş qömondoni Aleksandr Çayko bölgan. Ukrain blogeri Anatoliy Şariy elon qilgan restorandan olingan videoda kadr ortida ayol kişi “tayyorgarlik avjida, Aleksandr bugun 55 yoşga tölmoqda”, deydi. 27 iyul kuni Aleksandr Çayko 55 yoşni qarşi olgan edi.
U 2026 yilning may oyida Kosmik-harbiy kuçlar boş qömondoni bölgan. Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşida Çayko Buçadagi harbiy jinoyatlarga aloqador bölgan Şarqiy harbiy okrug qöşinlariga qömondonlik qilgan.
“VÇK-OGPU” Telegram-kanali malumotlariga köra, bayramga FXX yuqori lavozimli xodimlari, Mudofaa vazirligi generallari, deputatlar va mulozimlar borgan. Çaykoning özi tuğilgan kunini va yangi lavozimga tayinlanganini birgalikda nişonlamoqçi bölgan.
Politsiya portlaş sodir bölgan bino atrofidagi maydonni örab olgan. Moskva Transport departamenti keyinroq oqşomda boşlanişi va Sadovoye koltso böylab ötişi kerak bölgan Tungi velofestival “kutilmagan holat sababli” boşqa sanaga qoldirilganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 9 iyun kuni erta tongda Moskva viloyatining Balaşixa şahrida yuz bergan portlaş oqibatida general-leytenant Damir Davidov halok böldi. U Rossiya Mudofaa vazirligida frontga raketa va artilleriya öq-dorilarini yetkazib beriş uçun javobgar ofitser bölgan. Bu esa “Aviatorlar” mavzesida sodir bölgan ikkinçi şunday hodisadir. 2025 yilning aprel oyida xuddi şu hududdagi portlaş oqibatida Rossiya Qurolli Kuçlari Boş ştabi Boş operativ boşqarmasi boşliğining örinbosari general-leytenant Yaroslav Moskalik halok bölgan edi. 9 iyundagi portlaş joyi Moskalikning avtomobili portlatilgan uydan taxminan 350 metr uzoqlikda joylaşgan.
Umuman olganda şu paytgaça 2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan beri kamida 19 nafar rossiyalik general halok bölgan.