Paşinyan yana Armaniston Boş vaziri etib tayinlandi
Bugun, 2 avgust kuni Armaniston Prezidenti Vaagn Xaçaturyan “Fuqarolik şartnomasi” partiyasi yetakçisi Nikol Paşinyanni mamlakat Boş vaziri etib tayinladi. Tegişli farmon Prezidentning veb-saytida elon qilindi.
Avvalroq, Paşinyan yangi çaqiriq parlamentining iş boşlaşi munosabati bilan hukumat istefoga çiqqanini elon qilgan edi. Prezident kabinet istefosini qabul qilganidan söng, parlamentdagi köpçilik Paşinyan nomzodini yana boş vazirlik lavozimiga ilgari surdi.
Armaniston Konstitutsiyasiga köra, yangi çaqiriq Milliy majlisning birinçi yiğilişi kunida hukumat öz vakolatlarini topşirişi şart. Yangi parlamentning vakolat muddati boşlanganidan söng, Prezident darhol parlamentdagi köpçilik tomonidan ilgari surilgan nomzodni boş vazir etib tayinlaydi.
Eslatib ötamiz, Armanistonda parlament saylovlari 2026 yil 7 iyunda bölib ötgan edi. Rasmiy natijalarga köra, Milliy majlisga uçta siyosiy kuç ötdi: Nikol Paşinyan boşçiligidagi “Fuqarolik şartnomasi” partiyasi 49,7 foiz ovoz (726 819 ta ovoz), “Kuçli Armaniston” blogi 23,2 foiz ovoz (340 060 ta ovoz) va “Armaniston” blogi 9,9 foiz ovoz (144 983 ta ovoz) töpladi.