Armanistonning sobiq prezidenti Paşinyanni qoraladi
8-06-2026, 11:05
138 марта

Armanistonning sobiq prezidenti Paşinyanni qoraladi
Armanistonning sobiq prezidenti Robert Koçaryan Boş vazir Nikol Paşinyanning hukmron “Fuqarolik şartnomasi” partiyasi saylov natijalari rasman elon qilinmasidan oldin ğalaba haqida bayonot berganini qoralab, buni hokimiyatni egallab olişga uriniş deb baholadi.Koçaryanning aytişiça, saylov natijalari töliq hisoblab çiqilmasdan turib bunday bayonotlar Markaziy saylov komissiyasiga bosim ötkaziş va hokimiyatni egallaşga uriniş hisoblanadi.
Paşinyan esa Armanistonda bölib ötgan parlament saylovlarida öz partiyasi ğalaba qozonganini va hukumatni mustaqil tarzda şakllantirişini malum qilgan. Bu bayonot Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ovozlarning atigi 20 foizi hisoblab çiqilgan paytda elon qilingan.
Malumotlarga köra, 50 foiz ovozlar hisoblangaç, “Fuqarolik şartnomasi” partiyasi 51,71 foiz bilan yetakçilik qilmoqda. Ikkinçi örinda “Kuçli Armaniston” blogi 23,2 foiz, uçinçi örinda esa “Armaniston” blogi 9,33 foiz ovoz olgan.
Saylovda iştirok etiş darajasi 58,97 foizni taşkil etdi. Ovoz berişda 1 million 476 ming 697 nafar saylovçi qatnaşdi.
Armaniston qonunçiligiga köra, parlamentga kiriş uçun partiyalar kamida 4 foiz, ikki partiyadan iborat bloklar 8 foiz, uç va undan ortiq partiyali alyanslar esa 10 foiz ovoz töplaşi kerak.