Qozoğistonda yangi Konstitutsiya böyiça referendum sanasi elon qilindi
12-02-2026, 09:08
106 марта

Qozoğistonda yangi Konstitutsiya böyiça referendum sanasi elon qilindi
Bugun, 11 fevral kuni Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev 2026 yil 15 mart kuni mamlakatda yangi Konstitutsiya loyihasi böyiça umumxalq referendumini ötkaziş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Farmonga muvofiq, 2026 yil 12 fevral kuni elon qilingan Qozoğiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi loyihasi ovozga qöyiladi. Referendum byulleteniga fuqarolar uçun quyidagi savol kiritiladi: “Siz 2026 yil 12 fevralda ommaviy axborot vositalarida elon qilingan Qozoğiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini qabul qilasizmi?”
Malum qilinişiça, farmon matni va yangi Konstitutsiya loyihasi 12 fevral kuni rasman elon qilinadi. Referendumga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş Markaziy referendum komissiyasi funktsiyalarini bajaradigan Qozoğiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga, şuningdek, hududiy saylov uçastkalariga yuklatilgan.
Hukumatga esa Markaziy saylov komissiyasi hamda mahalliy ijro etuvçi organlar bilan hamkorlikda referendumni ötkaziş uçun zarur taşkiliy çoralarni köriş topşirilgan. Farmon rasmiy elon qilingan kundan boşlab kuçga kirişi malum qilingan.