Britaniyada çaqaloq ilk bor ona qornida operatsiya qilindi
Buyuk Britaniyada tuğilişi kutilayotgan çaqaloq hali onasi qornidaligida noyob jarrohlik amaliyotini boşdan keçirdi. Şifokorlar dunyoda ilk bor gastroşizis deb ataluvçi oğir tuğma nuqsonni homila baçadonda bölgan paytda tuzatişga muvaffaq böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, Londonda yaşovçi Meyzi Sevaj homiladorlikning 26-haftasida ötkazilgan tekşiruvda homilasida gastroşizis aniqlangan. Bu tuğma nuqsonda kindik töğri rivojlanmaydi va çaqaloqning içaklari qorin böşliğidan taşqarida şakllanadi.
Keyingi tekşiruvlarda homiladagi nuqson murakkab ekani malum bölgaç, britaniyalik şifokorlar oilani AQŞning Xyuston şahridagi Texas bolalar şifoxonasiga yuborgan. Homiladorlikning 26-haftasida şifokorlar Meyzi Sevajning baçadonini qisman oçib, kiçik invaziv jarrohlik usuli yordamida homilaning içaklarini asta-sekin qorin böşliğiga qaytargan. Şundan söng baçadon yana yopilib, homiladorlik odatdagi tartibda davom ettirilgan.
Mazkur amaliyot gastroşizisni tuğilişdan oldin davolaş böyiça dunyodagi ilk klinik sinov doirasida amalga oşirilgan. Teo ismli çaqaloq uşbu usul qöllangan uçinçi, Buyuk Britaniyadan esa birinçi bemor bölgan.
Operatsiyadan söng homiladorlik töliq muddatiga yetgan va Teo joriy yilning fevral oyida tabiiy yöl bilan soğlom tuğilgan. Hozir u beş oylik bölib, şifokorlar uning rivojlanişi meyorida keçayotganini bildirgan.
Mutaxassislarning aytişiça, gastroşizis har 3 ming çaqaloqdan birida uçraydi. Kasallikning oğir şakllarida yangi tuğilgan çaqaloq bir neça oy reanimatsiyada davolanişi, bir neça marta operatsiya qilinişi, ayrim hollarda esa içak transplantatsiyasiga muhtoj bölişi mumkin. Hatto zamonaviy tibbiy yordam körsatilgan taqdirda ham bunday bemorlarning taxminan har öninçisining hayotini saqlab qolişning imkoni bölmaydi.
Operatsiyani boşqargan homila jarrohi Maykl Belfort uşbu natijani “ajoyib muvaffaqiyat” deb baholagan. Uning sözlariga köra, bu usul kelajakda baçadondayoq boşqa tuğma nuqsonlar, jumladan, ayrim yurak va öpka kasalliklarini davolaş imkonini ham yaratişi mumkin.
Şifokorlar klinik sinov muvaffaqiyatli yakunlansa, uşbu amaliyotni Buyuk Britaniyada ham kengroq qöllaşni rejalaştirmoqda.
Buyuk Britaniyalik ayol rivojlanayotgan homilasidagi nuqson tufayli bolasini ikki marta dunyoga keltirgandi.