Bir qança vaqt oldin vafot etgan homilador ayolning farzandi tuğildi
20-06-2025, 00:09
299 марта

Bir qança vaqt oldin vafot etgan homilador ayolning farzandi tuğildi
AQŞda bir neça vaqt avval vafot etgan ayolning bolasi tuğildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.Malum qilinişiça, Jorjiya ştatidan bölgan Adriana Smit homiladorlik paytida miya ölimi holatiga uçragan. Şundan söng uning organizmi hayotiy faoliyatni taminlovçi tibbiy uskunalarga ulangan holda saqlab turilgan.
Yangi tuğilgan çaqaloqning buvisi Eypril Nyukirkning sözlariga köra, bola erta tuğilgan – şifokorlar kesiş yöli bilan uni saqlab qolgan. Çaqaloq hozirda yangi tuğilgan bolalar reanimatsiyasi bölimida joylaştirilgan bölib, uning oğirligi taxminan 823 grammni taşkil etadi.
“Ehtimol, hammasi yaxşi böladi. U hayoti uçun kuraşmoqda”, degan şifokorlar.Adriana Smit 2025 yilning fevral oyida qattiq boş oğriği bilan şifokorlarga murojaat qilgan. Tekşiruvlarda uning miya qon tomirlarida tromblar aniqlangan va bu holat miya ölimiga olib kelgan. Jorjiya ştatida abortlarni çeklaş haqidagi qonunga köra, şifoxona homila tuğilişi uçun yetarli darajada rivojlangan bölgunga qadar ayolning tanasini qöllab-quvvatlab turişga majbur bölgan.
“Biz bolani saqlab qolişni xohladik, axir u bizning qizimizning bir qismi edi. Ammo bunday qarorni ştat emas, biz – oila qabul qilişi kerak edi”, degan marhumaning oila azolari.