Qozoğistonda onasidan ayrilgan qiz Özbekistonga qaytarildi
13-05-2025, 13:57
367 марта

Malum qilinişiça, Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida yaşovçi fuqaro E.A.(ayol) ning murojaati kelib tuşgan.
Murojaatda ayol uning qizi D.R.ning 2010 yilda tuğilgan voyaga yetmagan qiz farzandi borligi, bir neça yil avval qizi D.R. Qozoğiston fuqarosiga turmuşga çiqqani, nevarasi Beruniy tumanida tuğilib, Özbekiston fuqarosi bölsada, unga onasi Qozoğistonda ham tuğiliş haqida guvohnoma rasmiylaştirganini bildirgan.
Yöl-transport hodisasi oqibatida qizi 2024 yil avgust oyida vafot etib, hozirda voyaga yetmagan nevarasi E.M. Qozoğistonda ota-ona qaramoğisiz qolganini malum qilib, nevarasini Özbekistonga qaytarişda amaliy yordam söragan.
Bolalar ombudsmani, Içki Işlar vazirligi, Özbekistonning Qozoğistondagi Boş konsulligi vakillari hamkorligida voyaga yetmagan E.M.ning Özbekistonga qaytariş çoralari körilib, tezkor ravişda voyaga yetmagan E.M. hujjatlari rasmiylaştirilişida kömak körsatilgan.
Körilgan hamkorlik çoralari natijasida keça, 12 may kuni voyaga yetmagan qiz xolasi hamrohligida Özbekistonga olib kelinib, buvisi E.A. qaramoğiga topşirilgan.
Hozirda buvining nevarasiga nisbatan vasiyligi rasmiylaştiriliş jarayonida.