USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoyda muntazam ortiqça işlab kelgan xodim iş joyida vafot etdi

136 марта
Xitoyda muntazam ortiqça işlab kelgan xodim iş joyida vafot etdi

Xitoyda Li ismli öqituvçi 400 nafar talabaga dars berişdan qattiq işlagani va stress tufayli vafot etdi. Bu haqda “South Çina Morning Post” xabar berdi. 
Öqituvçining aniq yoşi aytilmagan, ammo u hali 30 yoşga tölmagani malum. Li maktab öquvçilari uçun onlayn darslarga ixtisoslaşgan kompaniyada taxminan beş yil işlagan. Naşrda kompaniya nomi oşkor etilmagan, biroq repetitorlik platformasidan foydalanuvçilar soni 160 millionga yaqinlaşgani körsatilgan.
Erkak uzoq dam oliş kunlaridan oldin bir neça kun qöşimça işlaşga majbur bölgan. U 22 aprel kuni smenaga jönab ketgan va keçasi ham işlagan. Rafiqasi u bilan telefon orqali boğlana olmagan va politsiyaga murojaat qilgan. Ertalab farroş Lini ofisdan ölik holda topgan. Keyinroq şifokorlar uning ölimini tasdiqladi. Malum bölişiça, uning yuragi tösatdan töxtab qolgan. Lining oilasi uning ölimi iş bilan boğliqligini isbotlaş uçun hujjatlar tayyorlamoqda.
25 aprel kuni kompaniya rasmiy bayonot bilan çiqib, xodimning ölimi ortiqça işlaş bilan boğliq emasligini malum qilgan. Takidlanişiça, Li vafot etgan kunda barça xodimlar bayramga taklif qilingan, şu bois öşa kuni ortiqça iş rejimi rejada bölmagan.
Şunga qaramay, tarmoqlarda sobiq xodimlarning uşbu xabarga munosabatlari tarqaldi. Ulardan birining yozişiça, Li 400 nafar öquvçini boşqargan, ota-onalarning sörovlariga javob qaytargan va muntazam kuniga ortiqça olti soat işlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: