“Muammolarni WhatsApp’dan yuboradi”. Mulozim Japarovning iş uslubi haqida gapirdi
Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va fuqarolarning murojaatlarini muntazam ravişda kuzatib boradi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev “Kabar” agentligiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, davlat rahbari sutkaning qaysi vaqti bölişidan qati nazar muammolar haqidagi xabarlarni masul vazirlarga, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga va öz mamuriyati xodimlariga yuboradi.
“Agar kimdir notöğri işlayotgan bölsa, Prezident darhol malumotni WhatsApp orqali yuboradi. Bundan söng biz vaziyatni tezkorlik bilan örganib çiqişimiz va çora körişimiz kerak”, deydi Adilbek Qosimaliyev.
U murojaatlar amaldorlarning işi, ijtimoiy muammolar, fuqarolarning şikoyatlari va odamlarga yordam kerak bölgan holatlarga tegişli bölişi mumkinligini takidlagan. Vazirlar mahkamasi rahbarining sözlariga köra, bunday signallarning barçasi nazoratga olinadi.
Uning qöşimça qilişiça, Qirğiziston rahbari intizomga rioya qilinişini qatiy talab qiladi va ayniqsa korruptsiya haqidagi malumotlarga juda qattiq munosabat bildiradi. Bu kabi faktlar tasdiqlangan taqdirda amaldor öz lavozimidan mahrum bölişi mumkin.
Odilbek Qosimaliyev, şuningdek, özi ham ijtimoiy tarmoqlarni kuzatişini va muammolar haqidagi xabarlarni tekşiriş va hal qiliş uçun vazirlarga yoki mamuriyat xodimlariga yuborişini malum qilgan.