Men uni ogohlantirgandim – Japarov Taşiyevni MXDQdan quvişi haqida
13-02-2026, 14:57
873 марта

Men uni ogohlantirgandim – Japarov Taşiyevni MXDQdan quvişi haqida
Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Qamçibek Taşiyevni lavozimidan ozod etişdan avval unga qönğiroq qilib, bu masalada uni ogohlantirgan. Bu haqda Japarovning özi “Kabar” agentligiga bergan intervyusida malum qildi.“Qaror qabul qilişdan oldin döstimga qönğiroq qilib, bu yerdagi vaziyatni tuşuntirdim, uni lavozimidan ozod qilayotganimni aytdim va şundan söng qaror qabul qildim. Bu tezkor qaror bilan, aksinça, döstimni himoya qildim deb öylayman. Çunki uning atrofidagilar, ularni “oqsoqol” deymizmi, “köksoqol” deymizmi, har holda, döstimni töğri yöldan ozdirmoqda edilar.
Ular Qamçibek Taşiyev nomini niqob qilib, parlament deputatlari, masul davlat xizmatçilari, şuningdek, jamiyatda taniqli şaxslarga "General tomoniga ötinglar," deya murojaat qila boşladilar”, deydi Japarov.
Japarovning alohida urğulaşiça, agar men Qamçibek Taşiyev lavozimidan ozod qilinmaganida, körsatilgan yönalişda işlaganlarning xatti-harakatlari tufayli bunday bayonotlar yanada köpayib ketgan bölardi. Bu davlat apparati xodimlari örtasida va jamiyatda bölinişga, qarama-qarşiliklarga olib kelişi mumkin edi. Aynan şu sababli u döstini lavozimidan ozod qiliş töğrisida qaror qabul qilişga majbur bölgan.
“Davlatdagi barqarorlik men uçun hamma narsadan ustun turadi”, deydi u.