Taşiyev va Japarov örtasida prezidentlikni navbat bilan egallaş kelişilganmidi?
13-02-2026, 15:05
154 марта

Taşiyev va Japarov örtasida prezidentlikni navbat bilan egallaş kelişilganmidi?
2020 yil oktyabr oyida Qirğizistonda sodir bölgan norozilik namoyişlari fonida qamoqdan ozod etilgan va boşqaruvga kelgan Sadir Japarov va Qamçibek Taşiyev örtasida özaro kelişuv bölib, davlat boşqaruvi ketma-ketlikka asoslangan holda taqsimlanganmi? Japarov muddati tugagaç, davlat rahbari lavozimini Taşiyevga böşatib berişi kerakmidi? Ayni vaqtda Qirğiziston jamoatçiligida bu kabi savollar urçigan. Davlat rahbari “Kabar” agentligiga bergan intervyusida uşbu masalaga ham töxtalib, boşqaruv borasidagi özaro kelişuv haqidagi gaplarni rad etdi.Jurnalist Prezident Japarovga “jamiyatda siz va Qamçibek Taşiyev örtasida saylovdan oldin “bir muddat – u, bir muddat – uning yaqin dösti” degan kelişuv bölgani haqida gap-sözlar tarqalgan edi, bu rostmi?”, deya murojaat qilgan.
“Qirğiziston – demokratik mamlakat. Davlatni kim boşqarişini bir hovuç odam emas, Qirğiziston xalqi hal qiladi. Konstitutsiyaga köra, har bir fuqaro saylovda iştirok etiş huquqiga ega va xalq işonçiga sazovor bölgan, aholi orasida reytingi yuqori bölgan şaxs prezident etib saylanadi. Şuning uçun ham “bir muddat undoq, bir muddat bundoq” qabilidagi suhbatlar demokratik tamoyillarga töğri kelmaydi, siyosiy madaniyatga ziddir. Bunday fikrlar xalqni tanlaş huquqidan mahrum qilişga uriniş sifatida qabul qilinadi”, deydi Sadir Japarov.Prezidentning aytişiça, voqealar xronologiyasi Jogorku Keneş (parlament)da boşlangan.
“Alohida deputatlik guruhlari deputatlarni çaqirib, “Sen biz tomondamisan yoki u tomondamisan?” degan savol bilan yuzlanadigan bölişdi. “Biz tomondagilar kim-u, u tomondagilar kim?” deb söragan deputatlarga “biz tomondagilar general tomondagilar, u tomondagilar prezident tomondagilar”, deb pogonlarini körsatib javob bera boşlaşdi.