USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞning aniq zarba beruvçi raketalari qolmadi – “Reuters“

91 марта
АҚШнинг аниқ зарба берувчи ракеталари қолмади – “Reuters“

AQŞ armiyasi Eron bilan beş oydan beri davom etayotgan uruşda uzoq masofaga yuqori aniqlikda zarba beruvçi raketalar zaxirasining katta qismini işlatib yubordi. Bu haqda masaladan xabardor uç nafar manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Naşrga köra, AQŞ armiyasi yerusti nişonlariga zarba berişga möljallangan ATACMS (Army Tactical Missile Systems) va PrSM (Precision Strike Missile) raketalarining deyarli barçasini işlatgan. Manbalarning ikkitasi uşbu turdagi raketalar zaxirasi “deyarli töliq” tugaganini bildirgan.

Qayd etilişiça, AQŞning ATACMS va PrSM raketalari zaxirasi şu darajada kamaygani haqida avval xabar berilmagan. Mazkur raketalar uzoq masofadan turib nişonlarni yuqori aniqlikda yöq qiliş imkonini beradi. AQŞ yetkazib bergan ATACMS raketalari Ukraina tomonidan Rossiya hududidagi nişonlarga zarba berişda ham qöllanilgan. PrSM esa ATACMS örnini bosişi rejalaştirilgan yangi avlod raketasi hisoblanadi.

Harbiy tahlilçilarga köra, narxi 1 million dollardan ortiq bölgan uşbu raketalar Xitoy bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan ehtimoliy mojaroda ham muhim rol öynaydi.

“Reuters” suhbatlaşgan manbalar AQŞ omborlarida uşbu raketalardan aynan qança qolgani haqida malumot bermagan.

Naşrning yozişiça, Prezident Donald Tramp joriy yilning fevral oyida Isroil bilan birgalikda Eronga qarşi harbiy amaliyotni boşlagan va mojaro qisqa muddat davom etişini kutgan. Ammo uruş beş oyga çözilgani sababli raketa zaxiralari keskin kamaygan.

Qayd etilişiça, Raytheon kompaniyasi Pentagon bilan Tomahawk raketalari işlab çiqarişni sezilarli darajada oşirişni nazarda tutuvçi köp yillik kelişuvga erişgan. Mazkur kelişuv AQŞning kamayib borayotgan raketa zaxiralarini tiklaşga qaratilgan çora-tadbirlarning bir qismi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning ballistik raketali hujumlaridan himoyalaniş uçun Ukrainaga yangi raketalar kerakligi haqida xabar berilgan edi.

Oq uy “Reuters” söroviga javoban Prezident Donald Trampning bayonotini taqdim etgan. Unda AQŞ “dunyodagi har qanday davlatdan köra köproq öq-doriga ega ekani va zarur bölganidan ham ortiq zaxiraga egaligi” takidlangan.

Tramp, şuningdek, AQŞ mudofaa sanoati korxonalari tarixdagi eng yuqori suratda öq-dori işlab çiqarayotgani, zavodlar va işlab çiqariş quvvatlari rekord darajada kengaytirilayotganini bildirgan.

Biroq harbiy tahlilçilar ayrim turdagi raketalar va artilleriya snaryadlari işlab çiqarilişi rekord darajaga çiqqan bölsa-da, uzoq davom etadigan uruş ehtiyojlarini töliq qoplaş uçun bu yetarli bölmasligi mumkinligini qayd etmoqda.

Lockheed Martin kompaniyasi, yani ATACMS, PrSM va THAAD raketalarini işlab çiqaruvçi korxona “Reuters” savollariga izoh bermagan. Raytheon kompaniyasi ham Tomahawk raketalari va Patriot tizimlari zaxiralari böyiça savollarga javob qaytarmagan.

Pentagon matbuot kotibi Şon Parnell esa AQŞ armiyasi Prezident buyruq bergan istalgan vaqtda va istalgan hududda harbiy operatsiyalarni amalga oşiriş uçun yetarli salohiyatga ega ekanini bildirgan.

Manbalarga köra, sönggi bir hafta içida Tramp mamuriyatida Eron böyiça harbiy amaliyotlarni qança muddat davom ettiriş mumkinligi yuzasidan keskin muhokamalar ötkazilgan. Ayrim rasmiylar raketa zaxiralari yanada kamayişi AQŞning boşqa mintaqalardagi ehtimoliy inqirozlarga tezkor javob qaytariş imkoniyatlarini çeklaşi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Manbalardan birining aytişiça, Tramp mamuriyati Eron nişonlariga uçuvçili harbiy samolyotlar yordamida zarba beriş örniga uzoq masofali raketalardan foydalanişni afzal körgan. Aynan şu qaror ATACMS va PrSM raketalarining tez suratlarda sarflanişiga olib kelgan.

Center for Strategic and International Studies (CSIS) hisobotiga köra, PrSM raketalari nisbatan yangi qurol bölgani sababli uruş boşlanişidayoq ularning zaxirasi kam bölgan. Şu bilan birga, AQŞ armiyasi 2027 yil uçun uşbu raketalardan katta hajmda buyurtma bergan. Harbiylar ATACMS işlab çiqariş bosqiçma-bosqiç töxtatilişi va uning örnini PrSM egallaşini ham malum qilgan.

“Reuters”ning yozişiça, AQŞning mudofaa tizimlari uçun möljallangan raketalar zaxirasi ham sezilarli darajada kamaygan. CSIS hisob-kitoblariga köra, fevral va iyul oylari oraliğida Patriot tutib qoluvçi raketalarining qariyb 65 foizi, THAAD tizimi raketalarining esa kamida 38 foizi sarflangan. Reuters suhbatlaşgan ikki manba uşbu raqamlar AQŞ hukumatdagi içki malumotlarga mos kelişini tasdiqlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: