Yaqin Şarqdagi yangi uçlik: Turkiya, Saudiya va Pokiston mudofaa ittifoqini tuzmoqda
Prezident Rajab Toyib Erdöğanning Saudiya Arabistoniga kutilmagan işçi taşrifi sababiga oydinlik kiritildi. Unga köra, bugun, 7 avgust kuni Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston Jidda şahrida qöşma mudofaa kelişuvini imzolaşi kutilmoqda. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Malum qilinişiça, kelişuv mintaqadagi xavfsizlik va harbiy hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan. Saudiya manbalari bu masala ançadan beri muhokama qilinganini, mintaqadagi sönggi voqealar esa jarayonni tezlaştirganini bildirgan.
Mintaqadagi xavfsizlik muammolari va harbiy keskinlik kuçayib borayotgan bir paytda Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston tarixiy mudofaa kelişuvini imzolaşga tayyorgarlik körmoqda. Saudiya Arabistoni valiyahd şahzodasi Muhammad bin Salmon va Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif bilan birga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ham Saudiya Arabistonining Jidda şahrida bölib, uşbu kelişuvni rasman imzolaşi kutilmoqda.
Saudiya Arabistoni armiyasi va hukumatiga yaqin manbalarning naşrga malum qilişiça, uç davlat örtasidagi qöşma mudofaa kelişuvi bugun, 7 avgust kuni Jiddada imzolanişi rejalaştirilgan. Qayd etilişiça, uzoq vaqtdan beri muhokama qilib kelingan strategik ittifoq Fors körfazi hududida AQŞ va Eron örtasidagi uruşga boğliq keskinlik ortganidan söng jadallaşgan.
Uşbu inqiroz Hormuz böğozi va Qizil dengizdagi qatnovlarga jiddiy tasir körsatib, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni tezlaştiriş zaruratini oşirgan.
Jarayon haqida malumotga ega bölgan, ismini oşkor qilmagan amaldorning aytişiça, kelişuv uzoq vaqt davomida muhokama qilingan, biroq mintaqadagi sönggi voqealar jarayonni tezlaştirgan. Saudiya Arabistoni hukumatiga yaqin yana bir manba ham kelişuvni imzolaş marosimi bugun bölib ötişini tasdiqlagan.
Tarixiy kelişuv böyiça muzokaralar Saudiya Arabistonining Qizil dengiz sohilidagi Jidda şahrida valiyahd şahzoda Muhammad bin Salmon raisligida ötkazilmoqda. Pokiston delegatsiyasi Boş vazir Şahboz Şarif va armiya ştabi boşliği Osim Munir boşçiligida keça, 6 avgust kuni Saudiya Arabistoniga taşrif buyurgan. Taşrif ertaga, 8 avgust kunigaça davom etadi.
Pokiston Taşqi işlar vazirligi vakili Tohir Andrabiy joriy yilning 6–8 avgust kunlariga möljallangan taşrifni izohlar ekan, u Fors körfazidagi keskinlik kuçaygan davrga töğri kelayotgan bölsa-da, taşrifning ahamiyati joriy inqiroz va qisqa muddatli baholardan ança keng ekanini takidlagan.
Turkiya Prezidenti mamuriyatidagi manbalarga köra, Erdöğan ham bugun Jiddaga borib, sammitda şaxsan iştirok etişi kutilmoqda.
Qayd etilişiça, uç davlat örtasida şakllantirilayotgan strategik ittifoq mintaqadagi mavjud diplomatik taşabbuslar bilan ham mustahkamlanmoqda. Sammit iştirokçilaridan biri bölgan Turkiya Ğazodagi uruşni töxtatişga qaratilgan mintaqaviy muzokaralarda faol diplomatik rol öynaydi. Islom dunyosida yadro quroliga ega yagona davlat bölgan Pokiston esa AQŞ va Eron örtasidagi uruşni töxtatişga qaratilgan vositaçilik faoliyatini olib bormoqda.
Kelişuvga mezbonlik qilayotgan Saudiya Arabistoni ham Yaqin Şarq va Fors körfazi xavfsizligi masalalarining markazida turibdi va uşbu strategik ittifoqning muhim qismlaridan biri hisoblanadi.
Malumot uçun, Saudiya Arabistoni va Pokiston 2025 yilda ham qöşma mudofaa kelişuvini imzolagan. Pokistonning yadro quroliga egaligi sababli uşbu kelişuv xalqaro OAVda katta rezonansga sabab bölganligi qayd etilgan. Naşrga köra, endilikda Turkiyaning ham uşbu jarayonga qöşilişi mintaqadagi kuçlar nisbati va xavfsizlik tizimiga sezilarli tasir körsatadi.