USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin NATO davlatlarining qatiyatini sinab körmoqçi – WSJ

46 марта
Путин НАТО давлатларининг қатъиятини синаб кўрмоқчи – WSJ

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruş davom etayotgan bir paytda NATO davlatlaridan biriga çeklangan hujum uyuştirib, alyansning qatiyatini sinab körişi mumkin. Bu haqda AQŞ razvedkasi malumotlariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Qayd etilişiça, AQŞ razvedkasi avvalroq Putin Ukraina bilan uruş davom etayotgan paytda NATO davlatini ataylab qözğatmaydi, deb hisoblagan. Biroq bu baho joriy yil boşida özgargan. Bunga Rossiya qöşinlarining frontdagi katta yöqotişlar fonida kamroq hududiy yutuqlarga erişayotgani, şuningdek, Ukraina dronlarining Rossiya armiyasi va neft sanoatiga yetkazayotgan zarari sabab bölgan.

AQŞ rasmiylariga köra, Putin Ukrainadagi uruşda öz oldiga qöygan maqsadlariga erişişda qiynalayotgani va mamlakat içida ğalabaga erişiş bosimi kuçayayotgani sabab yanada xavfli qadamlar taşlaşi mumkin.

AQŞ va Yevropa rasmiylari Rossiya NATOning qatiyatini sinaşga qaratilgan ayrim harakatlarni allaqaçon amalga oşirayotganidan xavotirda. Xususan, Rossiya qanotli raketalari Polşa hududiga tuşgani va dronlar Ruminiya hududiga kirgani misol sifatida keltirilgan.

Razvedka malumotlariga köra, Rossiyaning NATOga qarşi ehtimoliy harakatlari turliça bölişi mumkin. Ular NATO davlatiga kiberhujum uyuştiriş, nişonini yaşirgan qurollangan guruhlarni yuborib, hududni egallaş yoki alyansning şarqiy qanotida çeklangan harbiy operatsiya ötkazişni öz içiga oladi.

AQŞ razvedkasi bunday harakat uçun ehtimoliy vaqt oraliğini 2026 yil kuzi va 2029 yil oraliği deb baholamoqda. Biroq eng keskin stsenariy – NATO hududiga çeklangan quruqlik bosqini – hozirça ehtimoli past deb hisoblanmoqda. Şu bilan birga, razvedka hisobotlarida vaqt ötişi bilan bunday xavf oşişi mumkinligi qayd etilgan.

Agar Rossiya Ukraina bilan uruş davom etayotgan paytda NATO davlatiga hujum qilsa, AQŞ rasmiylari uning asosiy maqsadi alyansni zaiflaştiriş va hatto bölib yuboriş bölişi mumkinligini aytmoqda.

Bunday quruqlik bosqini NATOning Şimoliy Atlantika şartnomasidagi 5-moddasini işga tuşirişi mumkin. Mazkur modda alyans azolarining biriga qarşi qurolli hujum barça azolarga qarşi hujum sifatida körilişini va jamoaviy mudofaa majburiyatini nazarda tutadi. Biroq kiberhujum yoki boşqa gibrid hujumlarga NATOning qanday javob berişi 5-moddada quruqlikdagi harbiy hujumdagidek aniq belgilanmagan.

“The Wall Street Journal” malumotlariga köra, AQŞning Rossiya yoki Xitoy bilan ehtimoliy kelajakdagi uruşga tayyorgarligi böyiça yana bir muammo mavjud. Ukrainaga qurol yetkazib beriş hamda Eron bilan uruş sabab AQŞning ayrim muhim öq-dori va raketalar zaxirasi kamaygan.

Xususan, zaxirasi qisqargan qurollar qatorida uzoq masofaga uçuvçi Precision Strike Missile, ATACMS hamda qisqa masofali Stinger zenit raketalari bor. Şuningdek, Patriot, SM-3 va THAAD kabi havo mudofaasi vositalarining ayrim zaxiralari ham kamaygani haqida AQŞ rasmiylari malum qilgan.

Biroq Pentagon bu boradagi öq-dori tanqisligi haqidagi davolarni rad etgan. Oq uy esa AQŞ armiyasida prezident Donald Trampning strategik maqsadlarini amalga oşiriş uçun yetarli miqdorda öq-dori borligini bildirgan.

NATO vakili polkovnik Martin ÖDonnell esa alyans turli ehtimoliy stsenariylarni doimiy ravişda körib çiqişi va zarur bölsa, NATO özini himoya qilişga tayyorligini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq NATO Ukrainaga zudlik bilan zarur bölgan havo hujumidan mudofaa vositalarini yetkaziş ustida işlayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: