Tailandda ustozini öldirgan öquvçi bobosi va buvisini ham otib taşlagani aniqlandi
Avvalroq, Tailandda 14 yoşli ösmir maktabda öqotar qurol bilan öt oçib, öqituvçisini otib öldirgani va keyin öz joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi. Tailand politsiyasi esa uni maktabga borişidan avval bobosi va buvisini ham öldirganini malum qildi.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida jami 8 kişi halok bölgan.
Hodisa Bangkok şahrining şimoli-ğarbidagi nufuzli Debsirin Nontxaburi maktabida yuz bergan. Otişma oqibatida 30 dan ortiq kişi jarohatlangan, ulardan 9 nafarining ahvoli oğir.
Maktabdagi ingliz tili öqituvçisi Prompong Namvongning aytişiça, voqea sodir bölgan paytda u odatdagi iş kuni bilan maşğul bölgan. Şu vaqtda boşqa sinfdan vahimaga tuşgan öquvçi uning xonasiga yugurib kirib, yaşiriniş uçun joy izlagan. Zalda esa öqituvçilar pastki qavatda ommaviy otişma sodir bölayotganini aytib baqirgan.
Öqituvçi 14 yoşli gumondorni öz sinfxonasi oldidan yugurib ötayotganini körgan.
“Öşa paytda, albatta, ölaman deb öyladim”, degan u voqeani eslar ekan.
14 yoşli gumondor kamida 26 marta öq uzgani, uning yonidan yana 34 dona öq-dori topilgani aytilmoqda. Qurol uning bobosiga tegişli bölgan.
Öquvçilar maktabdan evakuatsiya qilinayotgan paytda oyoq kiyimlarini yeçib, paypoqda yugurgan. Ularning poyabzallari sinfxonalar, zinapoyalar va boşqa joylarda qolib ketgan.
Otişma vaqtida maktabda bölgan sanat öqituvçisi Piçanan Txiyengtxam dastlab ovozlarni öq ovozi deb öylamaganini aytgan.
“Öq ovozlari juda köp edi va uzoq vaqt töxtamasdan davom etdi. Avvaliga bu qurol ovozi ekaniga işona olmadim”, degan u.
Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimi Kiatikun Verapongpraditxning aytişiça, uning jamoasi otişma davom etayotgan paytda maktabga yetib borgan. Ular orqa, kökrak va qöl qismlaridan jarohatlangan öquvçilarga yordam körsatgan.
“Biz maktabning yuqori qavatida halok bölgan erkak öqituvçini topdik. Boşqa xonada esa kökragi va qölidan yaralangan ayol öqituvçi bor edi”, deya voqeani tasvirlagan tez yordam xodimi.
Tailand Boş vaziri Anutin Çarnvirakul mamlakatda qurol saqlaş va olib yuriş böyiça yangi qonunlar joriy etilişini malum qilgan. Unga köra, yangi tartib hukumatning xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlaridan boşqa şaxslarning qurol olib yurişini çeklaşi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning şimolidagi Ştade şahrida joylaşgan Yoşlar ijtimoiy taminoti muassasasida sodir bölgan otişma oqibatida 5 kişi halok bölgan edi.