Ukraina Turkiyadan 70 ta ATACMS ballistik raketasini sotib olmoqçi
Kiyev Turkiyadan AQŞda işlab çiqarilgan 70 ta ATACMS ballistik raketa, 12 ta M270 raketa qurilma va kasseta öq-dorilarini sotib olmoqçi. Bu haqda AQŞ Davlat departamentining Kongressga yuborgan hujjatida qayd etildi.
Malum qilinişiça, AQŞ Davlat departamenti mazkur qurollarni Turkiyadan Ukrainaga yetkazib berişga ruxsat berişga tayyorligini bildirgan.
Unga köra, rejalaştirilayotgan qurol-yaroğ paketi tarkibiga 70 ta M39 ATACMS operativ-taktik raketasi, 12 ta M270 MLRS raketa qurilmasi, 2,5 mingdan ortiq boşqarilmaydigan M26 raketalari hamda 47 ming dona 203 millimetrli kasseta artilleriya snaryadi kiradi.
Yetkazib berişlarning umumiy qiymati taxminan 280 million dollarga baholanmoqda. ATACMS raketalarining dastlabki qiymati esa qariyb 28 million dollarni taşkil etadi.
AQŞda işlab çiqarilgan qurollarni Turkiya zaxiralaridan uçinçi davlatga topşiriş uçun Vaşingtonning roziligi talab etiladi. Davlat departamenti tegişli hujjatlarni joriy yilning 3 avgust kuni Kongressga taqdim etgan.
Kongress hujjatlarni körib çiqiş uçun 15 kalendar kun muddatga ega. Agar şu vaqt içida Vakillar palatasi va Senat bitimni bloklaş töğrisida qöşma rezolyutsiya qabul qilmasa, AQŞ hukumatining reeksportga bergan roziligi avtomatik ravişda kuçga kiradi.
Şu bilan birga, AQŞ Vakillar palatasi joriy yilning 31 avgustigaça, Senat esa 14 sentyabrgaça tatilda böladi.
Davlat departamenti hujjatlarida qurollarni Ukrainaga topşiriş AQŞning xavfsizlik sohasidagi maqsadlariga mos kelişi qayd etilgan. Turkiya eskirgan qurol-yaroğ zaxiralarini qisqartirib, resurslarini armiyani modernizatsiya qilişga yönaltirmoqçi. Ukraina esa uşbu qurollar orqali özining öt oçiş salohiyatini kuçaytirişni maqsad qilgan.
Qurollarni Ukrainaga yetkazib beriş Turkiyaning MKE AS, ASFAT va ARCA Savunma, Bolgariyaning VTIC International hamda AQŞning Pansophico va Patriot Defense Group xususiy kompaniyalari orqali amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Malumot uçun, ATACMS (Army Tactical Missile System) – “er-yer” sinfidagi ballistik raketa bölib, 300 kilometrgaça masofadagi nişonlarni urişi mumkin. U GPS orqali tuzatib bölmaydigan inertsial boşqaruv tizimiga ega. Raketaning 560 kilogramm oğirlikdagi kasseta jangovar kallagi 950 ta M74 suböq-dorisini öz içiga oladi.
Hozirda AQŞ armiyasi ATACMS raketalarini zamonaviyroq Precision Strike Missile tizimlari bilan almaştirmoqda. Uşbu raketalar 500 kilometrgaça masofadagi nişonlarni yöq qila oladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Pxenyan Rossiya hududiga ittifoqçisini qöllab-quvvatlaş uçun 30 – 50 ming nafargaça Şimoliy Koreya harbiylari yuborilişi rejalaştirilganini aytgandi.