USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ekspertlar: “Bu hodisa Rossiyaning zaif nuqtalarini foş qildi”

609 марта

Ekspertlar: “Bu hodisa Rossiyaning zaif nuqtalarini foş qildi”


1 iyun kuni Ukraina xavfsizlik xizmati “Örgimçak töri” deb nomlangan maxsus amaliyot doirasida Rossiyaning 41 ta strategik uçoğini yöq qilgani haqida xabar bergandik.
Ukraina tomoni Rossiyaning içki hududlariga – Murmansk, Irkutsk, Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi beş aerodromga dronlar orqali hujum uyuştirgan.
Kiyev maxsus operatsiya oqibatida Rossiya 7 mlrd dollar zarar körgani, Rossiyaning asosiy aerodromlarida joylaşgan strategik qanotli raketa taşuvçilarining 34 foizi safdan çiqarilganini malum qilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Örgimçak töri” operatsiyasini “tarix darsliklariga kiritiladigan” muvaffaqiyatli amaliyot deb baholagan.
Ekspertlar uşbu yirik amaliyotning sabab-oqibatlarini keng muhokama qilmoqda.
“Yöq qilingan uçoqlarga doir Ukraina tomoni oçiqlagan malumotlar töğri bölsa, u holda, bu – Rossiyaning strategik bombardimonçi flotiga berilgan misli körilmagan jiddiy zarbadir”, – deydi harbiy ekspert Karlo Masala.
Bild naşri harbiy tahlilçisi Yulian Ryopke fikriça, Rossiya tasarrufidagi 66 ta Tu-95 va Tu-160 rusumli strategik bombardimonçi uçoqdan 22 tasi şikastlangan.
“Bu holat Rossiya harbiylari (masalan, NATOning yirik mamlakatiga qarşi) real uruşga tayyor emasligidan dalolat beradi. Na angar, na havo hujumidan mudofaa tizimi, na radioelektron kuraş tizimi bor. Butkul himoyasiz bombardimonçi uçoqlar birin-ketin yöq qilindi”,  – deb yozdi Yulian Ryopke.

Aksar tahlilçilar 1 iyun kungi dronlar hamlasi Rossiyaning ojiz nuqtalarini, xususan, strategik aviabazalar xavfsizligi taminlanmaganini körsatdi, deb hisoblaydi.
“Yöq qilingan uçoqlar örnini töldirib bölmas uçoqlardir. Ikkinçi jahon uruşidan buyon biror bir yirik davlat bu qadar xörlanmagan edi”, – deydiamerikalik jurnalist Boyan Pançevski.
Ekspertlar Ukraina çegaradan bir neça ming km olisga – Sibirdagi harbiy bazaga hamla qila olganini Rossiya uçun xavotirli hol deb baholamoqda.
BBC’ning qurollaniş böyiça tahlilçisi Kris Partrijga köra, endilikda Rossiyaning Ukraina hududiga uçoqlar orqali qanotli raketalar otiş imkoniyati torayadi.
Rossiya 2022 yil fevral oyidan buyon Ukraina hududiga Tu-95 uçoği orqali X-101 rusumli qanotli raketalar yoğdirib kelgan. 
“Örgimçak töri” amaliyoti davomida yöq qilingani aytilayotgan A-50 uçoqlari esa qiruvçi samolyotlarga malumotlar yetkazib turgan. 
Kris Partrij dronlar Rossiyaning ananaviy havo hujumidan mudofaa tizimini yorib ötgani va xavf haqida oldindan xabar beriş tizimi işlamaganini qayd etgan. 
Rossiyadagi Z-blogerlar, yani uruşni yoqlovçi sayt va kanallar esa 1 iyun kungi amaliyotni Ikkinçi jahon uruşi davridagi Pyorl Harbor amaliyotiga  öxşatgan. Malumot örnida: Yaponiya tomonidan 1941 yilning 7 dekabr kuni AQŞning Pyorl Harbordagi harbiy-dengiz bazasi uyuştirilgan hujum oqibatida Qöşma Ştatlar floti katta yöqotişga uçragan va pirovardida Vaşington Ikkinçi jahon uruşiga qöşilgan edi. 
Fighterbomber kanali takidiça, Ukraina uyuştirgan dronlar hujumi Rossiyaning uzoqqa parvoz qiluvçi aviatsiyasi tarixidagi qora kun hisoblanadi. 
“Bu strategik yadro muvozanati kuçlariga töğridan-töğri zarbadir. Bu mamlakatimizning yadro muhofaza qobiliyati pasayganidan dalolat”, – deb yozadi “Dva mayora” kanali.
Aksar rossiyalik blogerlar şikastlangan yoki yöq qilingan bombardimonçi uçoqlarning aksari Sovet Ittifoqi davrida işlab çiqarilgani va sönggi yillarda ularni işlab çiqariş töxtatilgani, binobarin, ularni qayta tiklaş juda qiyin bölişiga etibor qaratgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: