“75 lar xati” ayblanuvçilarining advokatlari oçiq sud muhokamasini söraşi mumkin
“75 xati” işi böyiça oçiq sud muhokamasini ötkaziş masalasi Bişkek şahar sudining keyingi majlisida hal qilinişi mumkin. Bu haqda ayblanuvçilardan birining advokati Baxtbek Jumaşev malum qildi.
Advokatning sözlariga köra, bugun, 10 avgust kungi majlisda himoya tomoni sudga prokuratura tomonidan kiritilgan taqdimnoma bilan tanişiş haqida iltimosnoma bergan. Uşbu hujjat, avvalroq, himoya tomoniga berilmagan.
“U bizga berilmagan va mazmuni haqida bizga malum qilinmagan. Şuning uçun jarayon keyingi payşanba – 13 avgust kuni bölib ötadi. Bizga hujjat bilan tanişiş uçun vaqt berildi”, degan advokat.
Oçiq sud muhokamasini ötkaziş haqida himoya tomoni iltimosnoma kiritadimi, degan savolga javoban Jumaşev bu masala keyingi sud majlisida hal qilinişini aytgan.
Mazkur iş böyiça Davlat milliy xavfsizlik qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev, Jogorku Keneşning sobiq spikeri Nurlanbek Turğunbek öğli, sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev, şuningdek siyosatçilar Bekbolot Talğarbekov, Ali Qaraşev, Ernis Uzoqboyev, Qursan Asanov va Qurmanbek Diykanboyev javobgar sifatida qatnaşgan.
Eslatib ötamiz, iyul oyi boşida Bişkekning Birinçi may tuman sudi mazkur iş böyiça hukm çiqargan edi. Sud Qamçibek Taşiyev, Qurmanqul Zuluşev, Nurlanbek Turğunbek öğli hamda murojaatni imzolagan yana beş nafar şaxsni hokimiyatni zörlik bilan egallaşga tayyorgarlik körişda aybdor deb topgan.
Ularning har biriga 4 yil ozodlikdan mahrum etiş va mol-mulkni musodara qiliş jazosi tayinlangan. Biroq sud uşbu jazoni 3 yillik probatsiya nazorati bilan almaştirgan.
Keyinroq esa Qamçibek Taşiyevning advokati va Boş prokuratura “75 lar xati” işi böyiça çiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya şikoyati bergan. Apellyatsiya şikoyatini körib çiqiş bugun, 10 avgustdan boşlanişi kerak edi, biroq himoya tomonining iltimosnomasiga köra sud majlisi boşqa sanaga qoldirilgan.
Taşiyev istefosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.