“75 lar xati”. Sobiq parlament raisi, Boş prokuror va MXDQ raisi qora kursida
9-06-2026, 17:07
390 марта

“75 lar xati”. Sobiq parlament raisi, Boş prokuror va MXDQ raisi qora kursida
Bişkekning Pervomay tuman sudi Jogorku Keneşning sobiq törağasi (parlament raisi) Nurlanbek Turğunbek öğliga nisbatan oçilgan jinoyat işini mohiyatan körib çiqişga hali kirişmadi. Bu haqda uning advokati malum qildi.Himoyaçining sözlariga köra, keça, 8 iyun kuni ötkazilgan sud majlisida protsessual masalalar, jumladan, hibsda saqlanayotgan iş figurantlarining ehtiyot çorasini özgartiriş töğrisidagi iltimosnomalar, şuningdek, maxfiylaştirilgan guvohlarni söroq qiliş tartibi körib çiqilgan.
“Iş böyiça hali birorta ham guvoh söroq qilinmadi. Sud işning barça materiallarini hali örganib çiqmagani va guvohlarning pozitsiyasini tinglamagani uçun iltimosnomalar rad etildi. Bularsiz ularni qanoatlantiriş yoki rad etiş haqida qaror qabul qilib bölmaydi”, deya izoh berdi advokat.Uning qöşimça qilişiça, işda uç nafar maxfiylaştirilgan guvoh mavjud.
Nurlanbek Turğunbek öğli “75 lar xati” deb ataluvçi işda figurant sifatida iştirok etmoqda. U bilan birga Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari va Vazirlar Mahkamasi raisining sobiq örinbosari Qamçibek Taşiyev, sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev hamda bir qator siyosatçi va jamoat arboblari ham şu işga aloqador.
Bu iş Qirğiziston siyosiy va ijtimoiy elitasining 75 nafar vakilidan iborat guruhning 2026 yil fevral oyida muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkazişga çaqirgan murojaati bilan boğliq. Murojaat elon qilinganidan söng jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov malumotlariga köra, ayblanuvçilarga hokimiyatni zöravonlik yöli bilan bosib olişga tayyorgarlik köriş, ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş va mansab mavqeini suiistemol qiliş ayblovlari qöyilmoqda. Iş figurantlarining özlari va ularning himoyaçilari bu ayblovlarni siyosiy tusga ega deb hisoblab, özlarining aybsiz ekanini aytmoqda.
Iş böyiça asosiy sud muhokamasi hali boşlanmagan. Sud taşkiliy va protsessual masalalarni körib çiqişda davom etmoqda.