Akmal Şukurovni qamoqdan çiqarib yuborgan 4 nafar sudyaning özi qamoqqa olindi
13-01-2026, 22:59
649 марта

Akmal Şukurovni qamoqdan çiqarib yuborgan 4 nafar sudyaning özi qamoqqa olindi
Toşkent şahridagi tungi klub oldida erkakni bir urib, komaga tuşirib qöygan Akmal Şukurovni apellyatsiya instantsiya sudining 2025 yil 9 dekabrdagi ajrimi bilan ozodlikka çiqişi, va qamoqdan çiqarib yuborilişiga boş-qoş bölgan sudyalarga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura xabar berdi.Qayd etilişiça, uşbu holat ortidan Boş prokuratura tomonidan Toşkent şahar sudi raisi örinbosari lavozimida işlagan Murodjon Mirzajonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 231-moddasi (Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror çiqariş) 2-qismi, 236-moddasi (Tergov qilişga yoki sud işlarini hal etişga aralaşiş) 2-qismi bilan hamda jinoyat işlari böyiça şahar sudining sobiq sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Obidov va Muhtarama Turgunovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 231-moddasi (Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror çiqariş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Iş hujjatlariga köra, Akmal Şukurov juda köp miqdorda özganing mulkini firibgarlik yöli bilan qölga kiritiş, bezorilik, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyatlarini sodir etganligi yuzasidan jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudining hukmiga köra, Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Sudlanuvçi Akmal Şukurov yuqoridagi hukmdan norozi bölib, sudga qilgan apellyatsiya şikoyati apellyatsiya instantsiyasining sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Obidov va Muhtarama Turgunova tomonidan körib çiqilib, birinçi instantsiya sudining hukmini özgartiriş, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştiriş töğrisidagi xulosaga kelişgan.
Biroq, Toşkent şahar sudi raisi örinbosari Murodjon Mirzajonov mansab mavqeidan foydalanib, işni har tomonlama, töla va xolisona körilişiga tösqinlik qilib, sud işlariga aralaşib, sudyalarga qonunga xilof ravişda tasir ötkazişi oqibatida, sudyalar Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Obidov va Muhtarama Turgunova uning topşiriği noqonuniy ekanligini oldindan bila turib, odil sudlovni amalga oşiriş va qaror qabul qilişda mustaqil bölsalarda, javobgarlikning muqarrarligi printsipiga amal qilmasdan, birinçi instantsiya sudining hukmini özgartirib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, qamoq ehtiyot çorasini bekor qilgan holda, jazoni uzil-kesil 3 yil 3 oy muddatga ozodlikni çeklaşga almaştirib, uni sud zalidan qamoqdan ozod etib, oğir oqibatlarga sabab bölgan noqonuniy va adolatsiz ajrim çiqargan.
Yuqoridagilarga köra, jinoyat işi doirasida şahar sudi raisi sobiq örinbosari Murodjon Mirzajonov hamda jinoyat işlari böyiça şahar sudining sobiq sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Obidov va Muhtarama Turgunova ayblanuvçi tariqasida işga jalb qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.