Pedofilning qamoqdan qoçişi ortidan IIO xodimlariga jinoyat işi oçildi
21-10-2025, 21:51
652 марта

Pedofilning qamoqdan qoçişi ortidan IIO xodimlariga jinoyat işi oçildi
Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida joylaşgan manzil koloniyada jazosini ötayotgan 31 yoşli mahkum qoçib, 3-sinfda öqiydigan qizni zörlagani haqidagi xabar berilgandi. Holat ortidan tergov hibsxonasi xodimlariga jinoyat işi oçildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabatida keltirilgan.Qayd etilişiça, uşbu holat böyiça Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamentining Markaziy tergov hibsxonasi tartibot bölimi safdori Ş.O. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Xabarda aytilişiça, agentlik holatni öz nazoratiga olgan. Voyaga yetmagan jabrlanuvçi qizning huquqlari, psixologik va ijtimoiy himoyasini taminlaş maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mutaxassislaridan iborat işçi guruh tuzilgan. Holat böyiça keys oçilgan, jabrlanuvçi voyaga yetmagan qiz birlamçi kömak xonasiga joylaştirilgan. Ayni paytda psixolog tomonidan dastlabki suhbat ötkazilmoqda.