USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Boğçalarda bolalarning ommaviy zaharlanişi ortidan jinoyat işi oçildi

1 051 марта

Boğçalarda bolalarning ommaviy zaharlanişi ortidan jinoyat işi oçildi

Toşkent viloyatining Piskent va Böka tumanlaridagi davlat maktabgaça talim muassasalarida bolalar ommaviy zaharlangani haqida xabar berilgandi. Bolalar zaharlangan hududlar qatoriga Quyi Çirçiq tumani ham qöşildi va mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 


Aniqlanişiça, keça, 24 sentyabr kuni Toşkent viloyatining Piskent, Böka va Quyi Çirçiq tumanlaridagi davlat maktabgaça talim muassasalari tarbiyalanuvçilari tuman tibbiyot birlaşmalariga soğliğidagi qator şikoyatlar (tana haroratining kötarilişi, köngil aynişi va iç ketişi) bilan murojaat qilgan.
Dastlabki tibbiy köriklar xulosasi asosida bemor bolalarga zaruriy muolajalar amalga oşirilgan hamda şu kunning özida aksariyat bolalarning soğliği yaxşilangani tufayli uylariga javob berilgan, oğir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.

Bildirilişiça, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi viloyat boşqarmasi hamda Piskent, Böka va Oqqörğon tuman bölimlari mutaxassislari tomonidan DMT muassasalarining oşxonalari közdan keçirilib, bolalar sutkalik istemol qilgan taomlardan olingan namunalar laboratoriyalarda tegişli tartibda tekşirilmoqda.

Bolalarning ommaviy zaharlanişi bilan boğliq har qanday vaziyat mutasaddi idoralarning alohida nazoratida örganiladi.

Bugun, 25 sentyabr kuni uşbu holat yuzasidan Toşkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat böyiça öz kuzatuvini davom ettiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: