Boğçadagi zaharlanişlar saboq bölmadi: yangi taminotçi, eski xatarlar
14-09-2025, 10:29
427 марта

Boğçadagi zaharlanişlar saboq bölmadi: yangi taminotçi, eski xatarlar
Yaqinda Samarqanddagi boğçalarga muzlatilgan va sifati buzilgan göşt mahsulotlari tarqatilgani, boğça mudiralari bolalarga muzlatilgan göşt beriş mumkin emasligini aytişsa-da, taminotçi korxona vakili bosim qilib, tahdidli sözlar aytgani şov-şuvlarga sabab böldi.Viloyatdagi maktabgaça talim taşkilotlari mazkur taminotçi korxona bilan şu yil 9 sentyabrdan işlay boşlagan. Ammo, taminotning ilk kunlaridanoq norozilik kelib çiqqan. Şuningdek, bu holat bir yoki bir neçtta boğçalarda emas, taminotçi xizmat körsatayotgan deyarli barça boğçalarda yuz bergan. Qolaversa, boşqa mahsulotlar, xususan sut mahsulotlari böyiça ham etirozlar yuzaga kelgan, mahsulotlar yetarli miqdorda yetkazib berilmagan.
Malum bölişiça, taminotçi korxona – “LAZZATLI HALOL OŞXONA” kompaniyasi Samarqand şahri, Toyloq, Urgut va Payariq tumanlari boğçalariga mahsulot yetkazib beriş böyiça ötkazilgan tenderda ğolib bölgan va sentyabrdan yetkazib berişni boşlagan.
Biroq, kompaniyada heç qanday sertifikat yöq va u yangi oçilgan. Bu qattiq şubha tuğdiruvçi holatda negadir rasmiylar izoh berişga şoşilmayapti.
Malum bölişiça, ota-onalarning şikoyatlaridan keyin tegişli mutasaddi idoralar tomonidan tekşiruv işlari boşlangan, bu böyiça maxsus işçi guruh tuzilgan. Samarqand viloyat Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi mutaxassislar iştirokida komissiya tuzilgani va holatlar har tomonlama tahlil qilinayotganini takidlagan.
Ammo, mazkur holatlarni aniqlaş va hozirça aniqlangan malumotlar asosida rasmiy xabar taqdim etib boriş şu qadar köp vaqt olişi jamoatçilikda şubha uyğotişi mumkin.
Malumot uçun, boğçalarga muzlatilgan göşt yetkazib berilişi amaldagi sanitariya meyorlariga zid. Gap bolalar soğliği haqida ketar ekan, har qanday qonunsizlikka murosasiz munosabatda böliş şart. Biz bu borada aççiq tajribalarni boşimizdan ötkazdik. 2019 yilda Toşkent viloyati, Bekobod tumanidagi 15-boğça tarbiyalanuvçilarida kuzatilgan zaharlaniş, 2022 yilda Farğona viloyati Oltiariq tumanidagi 39-boğçada bolalarning ommaviy zaharlanişi, 2023 yilda Toşkent viloyati Angren şahridagi 10-sonli boğça bolalaridagi ovqatdan zaharlaniş, 2024 yilda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgaça talim taşkilotida bolalarning ovqatdan zaharlanişi kabi köplab zaharlaniş holatlari bizga saboq bölişi kerak.
Şuningdek, 2023 yilda 65 nafar norasidaning doridan zaharlanib vafot etişi yurtimiz uçun aççiq saboq va aslo unutiladigan hodisa emas.
Şu sababli ham, mazkur holatda agar oziq-ovqat sifatida qonunbuzarliklar aniqlansa, masul şaxslar qonun oldida javob berişi va bu borada jamoatçilikka aniq va xolis axborot berilişi şart.