Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti taşkil etiladi
30-07-2025, 07:30
390 марта

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti taşkil etiladi
Qurolli kuçlar akademiyasi isloh qilinib, uning negizida Özbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti taşkil etiladi. Bu haqda bugun, 29 iyul kuni Özbekiston Prezidenti, Qurolli kuçlar Oliy Boş qömondoni Şavkat Mirziyoyev harbiy talim tizimini takomillaştirişga oid takliflar taqdimoti bilan tanişiş çoğida söz bordi.Malum qilinişiça, Mudofaa vazirligining barça harbiy talim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlaş oliy maktabi hamda Aviatsiya va uçuvçisiz uçiş apparatlari mutaxassislarini tayyorlaş markazi institut maqomida mazkur universitet tarkibiga ötkaziladi. Bu markazlaşgan vertikal tizimni hosil qilib, qöşinlarning jangovar salohiyatini oşiriş, dual talimni kengaytiriş, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etişga xizmat qiladi.
Serjantlar tayyorlaş oliy maktabida armiyaning asosiy tayançi bölgan serjantlarni öqitiş, ularda yetakçilik qobiliyatini şakllantiriş, zamonaviy qurollar va yangi taktik usullar böyiça könikmalarini oşirişning yangi tizimi joriy etiladi.
“Yangiliklardan yana biri – tor doiradagi ixtisosliklar böyiça “2+2” tartibi yölga qöyilişidir. Yani, psixolog, aloqaçi, taminotçi, omborçi kabi 18 xil yondoş soha mutaxassislari boşqa oliy talim muassasalarining 2-bosqiç talabalari orasidan saralab olinadi”, deyilgan taqdimotda.Şuningdek, taqdimotda iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida, yangi öquv yilidan boşlab, bitiruvçi bosqiç kursantlari uçun tanlov asosida “Oliy Boş qömondon” davlat stipendiyasi joriy etilişi aytildi. Mazkur stipendiya sohibi bakalavriatni tamomlaganidan söng 5 yil mobaynida oliy harbiy talim muassasalarining magistraturasiga imtihonlarsiz qabul qilinadi.
Qayd etilişiça, endilikda oliy harbiy talim muassasalarining 36 ta talim yönalişi bitiruvçilari biryöla ikkita diplom – fuqarolik va harbiy kasbga möljallangan mutaxassislik egasi böladi. Bu ularning harbiy xizmatdan keyin ham faol işlaşi imkonini beradi.