Sud sobiq prezident işi böyiça qaror çiqardi
23-10-2025, 18:55
97 марта

Sud sobiq prezident işi böyiça qaror çiqardi
Bugun, 23 oktyabr kuni Bişkek şahar sudi sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Qöy-Toş qişloğidagi uyida 2019 yilning 7-8 avgust kunlari sodir bölgan Qöy-Toş voqealari böyiça apellyatsiya qarori çiqardi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.Sud jarayoniga sudya Leyla Baydayeva raislik qildi. Sud hayati Jogorku Keneşning sobiq deputati Irina Karamuşkinaning hukmiga özgartirişlar kiritib, mol-mulki musodara qilingan holda, 8 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini umumiy rejimdagi koloniyaga ötkaziş töğrisida qaror çiqardi. Ilgari Birinçi may tuman sudi Karamuşkinani 7 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Qolgan barça jihatlar böyiça birinçi instantsiyaning 2025 yil 3 iyundagi hukmi öz kuçida qoldi.
Jumladan, sobiq prezident Almazbek Atamboyev mulki musodara qilinib, davlat mukofotlaridan mahrum etilgan holda, 11 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Prezident Administratsiyasining sobiq rahbari Farid Niyozov 7 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Qirğiziston Jogorku Keneşining sobiq deputati Ravşan Jeyenbekov 7 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum qiliş. Atamboyevning tarafdori Farhod Babiyev 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.