USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sobiq boş vazirning öğli hibsga olindi

752 марта
Собиқ бош вазирнинг ўғли ҳибсга олинди

Armaniston sobiq boş vaziri Ovik Abramyanning öğli, sobiq deputat va Artaşat şahri sobiq meri Argam Abramyan ruhoniyni yollanma qotillik asosida öldirişga undaşda ayblanib, ikki oyga hibsga olindi. Bu haqda “Armenian Report” xabar berdi.

Armaniston Tergov qömitasi malumotlariga köra, Abramyan rafiqasini “Evangelist etiqoddagi xristianlar” diniy taşkiloti ruhoniysi S.V. bilan yaqin munosabatda bölganidan şubhalangan. Şuningdek, ayol ruhoniyga katta miqdorda pul bergani aytilmoqda.

Tergov malumotlariga köra, Abramyan qasos oliş maqsadida qotillikni öz qöriqçisi G.X. ga buyurgan. Qöriqçi u bilan moliyaviy va şaxsiy jihatdan boğliq bölgan. 2023 yil 30 aprel kuni u Yerevandagi Myasnikyan prospektida ruhoniyni otib öldirgan.

Taxminiy ijroçiga qotillik va qurol-yaroğning noqonuniy muomalasi böyiça ayblov qöyilgan. Uning işi 2024 yil aprel oyida sudga yuborilgan. Advokati esa himoyasidagi şaxs aybini tan olmasligini va Abramyanning jinoyatga aloqadorligini tasdiqlovçi töğridan-töğri dalillar yöqligini bildirgan.

Qayd etilişiça, Abramyan joriy yilning 8 avgust kuni Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qölga olingan. Mamlakat ombudsmani Anait Manasyan esa Tergov qömitasini iş iştirokçilarining şaxsiy va oilaviy hayotiga oid malumotlarni elon qilgani hamda öldirilgan ruhoniyning diniy mansubligini tilga olgani uçun tanqid qilgan.

Argam Abramyan Rossiyaparast “Gullab-yaşnayotgan Armaniston” partiyasi rahbari va tadbirkor Gagik Tsarukyanning qizi bilan turmuş qurgan. Tsarukyan ham iyul oyidan buyon yirik miqdordagi firibgarlikni taşkil etiş va pul yuvişda ayblanib, hibsda saqlanmoqda.

Naşrning yozişiça, sud Tsarukyanning tsement va konyak işlab çiqaruvçi korxonalarini davlat boşqaruviga ötkazgan. Uning partiyasi iyun oyidagi parlament saylovlarida 3,9893 foiz ovoz olib, 4 foizlik saylov çegarasidan öta olmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Norvegiya valiahd malikasi Mette-Maritning öğli Marius Borg Xyoybi bir neçta jinoyatlar, jumladan, zörlaşda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: