Italiyaning Özbekistondagi sobiq elçisi rossiyaliklarga viza sotişda ayblanib hibsga olindi
9-05-2026, 07:57
114 марта

Italiyaning Özbekistondagi sobiq elçisi rossiyaliklarga viza sotişda ayblanib hibsga olindi
Rim prokuraturasiga köra, Papadia öz yordamçisi Tatiana Tarakanova bilan birga rossiyaliklarga uzoq muddatli turistik vizalar berişni yölga qöygan. Uşbu şaxslar aslida Şengen zonasi talablariga javob bermagan. Rasmiy konsullik yiğimi 45–60 yevro bölgani holda, noqonuniy vizalar uçun 4 mingdan 16 ming yevrogaça pul olingan.
Mazkur sxemada Moskvadagi Happy Travel, Visa4you va Park Lane nomli uçta turoperator iştirok etgan. Hujjatlar bu agentliklar orqali Italiyaning Toşkentdagi elçixonasiga yuborilgan. Tergov malumotlariga köra, arizaçilarning bir qismi Özbekistonda yaşamagan. Ular konsullikka şaxsan kelmagan va hujjatlarni qoidalarga zid ravişda topşirgan.
Suriştiruv işlari 2025 yilning yozida Italiya Taşqi işlar vazirligi tomonidan ötkazilgan inspektsiyadan söng boşlandi. Tekşiruv viza rasmiylaştirişda ommaviy qoidabuzarliklar borligini körsatdi. U bu işni moddiy manfaat uçun qilganini tan oldi.
Papadia Italiyaning Özbekistondagi elçisi etib 2024 yil dekabr oyida tayinlangan edi. U oradan bir yil ötib, lavozimidan ozod etildi. Hozirda tergovçilar sobiq diplomatning qiymati qariyb 3 million yevroga teng bölgan mulklarini ham tekşirmoqda. Papadianing özi bu mablağlarni meros qilib olganini davo qilmoqda.