USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uçlar ittifoqi: Turkiya, Saudiya va Pokiston qöşma harbiy maşğulotlar ötkazadi

47 марта
Учлар иттифоқи: Туркия, Саудия ва Покистон қўшма ҳарбий машғулотлар ўтказади

Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni mudofaa texnologiyalari sohasida hamkorlik qilib, harbiy tajriba almaşadi va qöşma maşğulotlar ötkazadi. Bu haqda “Türkiye” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur maşğulotlar “Makka kelişuvi”da közda tutilgan bölib, hujjat Turkiya parlamenti tomonidan kuzgi sessiyada ratifikatsiya qilinganidan söng kuçga kiradi.

Naşr malumotlariga köra, 3 davlat örtasidagi harbiy hamkorlikning dastlabki bosqiçi armiyalar örtasida kadrlar almaşinuvidan boşlanadi. Bu uzoq muddatli harbiy hamkorlik uçun asos yaratişi kutilmoqda.

Takidlanişiça, qöşma harbiy maşğulotlar 3 davlat qurolli kuçlarining ehtimoliy inqirozli vaziyatlarda özaro hamkorlik qiliş va harakatlarni muvofiqlaştiriş imkoniyatini oşiradi. 

Şuningdek, Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni mudofaa sanoati sohasida ham faol hamkorlik qilişni rejalaştirmoqda. Buning uçun mamlakatlarning işlab çiqariş, texnologik va ilmiy-tadqiqot imkoniyatlaridan foydalaniş közda tutilgan.

Kelişuv doirasida yaratiladigan erta ogohlantiriş mexanizmi davlatlarning harbiy tiyib turiş salohiyatini kuçaytirişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, “Makka kelişuvi” joriy yilning 7 avgust kuni Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan va Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif tomonidan imzolangan. Unga köra, iştirokçi davlatlardan biriga qilingan hujum barça 3 davlatga qarşi agressiya sifatida baholanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: