Tramp Erondan tovon talab undirmoqçi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Erondan, jumladan, amerikalik harbiylarning halok bölgani uçun ham tovon puli undiriş niyatida ekanini malum qildi.
“Men Eron Islom Respublikasi vakillarining sönggi beş oylik harbiy mojaro davomida yetkazilgan zarar uçun tovon puli talab qilayotganini köryapman, vaholanki, bu bizning birorta muzokara yoki uçraşuvimizda tilga olinmagan edi. Ammo bu qiziq ğoya, çunki endi men ham Erondan yöl çetidagi minalar va ular maşhur bölgan köplab töqnaşuvlar oqibatida halok bölgan va oğir yaralangan barça insonlar uçun, jumladan, [Amerikaning] USS Cole esminetsida qurbon bölganlar va janglarda halok bölgan minglab boşqalarning oilalari uçun tovon puli talab qilaman. Bularning barçasi dastlab general [Qosim] Sulaymoniy (Islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” maxsus kuçlari qömondoni, 2020 yilda amerikaliklar tomonidan öldirilgan –tahr.) boşçiligida sodir etilgan”, deb yozdi Amerika yetakçisi Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Uning sözlariga köra, AQŞ Eron rahbariyati respublikada sönggi 50 yil içida bölib ötgan norozilik namoyişlari iştirokçilarining oilalariga ham tovon tölaşi kerak deb hisoblaydi.
“Men öz vakillarimga kelajakdagi barça muzokaralarda bu masalani qatiy kun tartibiga qöyişni topşirdim”, dedi Tramp.
Joriy yilning mart oyida u 2000 yilda “Al-Qoida” terrorçilik guruhi jangarilari tomonidan amalga oşirilgan Amerikaning Cole esminetsidagi portlaş uçun masuliyatni amalda Eronga yuklaşga uringan edi.
AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarşi harbiy amaliyot boşladi. Iyun oyida Vaşington va Tehron barça jabhalarda, jumladan, Livanda ham jangovar harakatlarni zudlik bilan töxtatişni közda tutuvçi özaro anglaşuv memorandumini imzoladi. Biroq 8 iyulga ötar keçasi AQŞ Eronga qarşi keng kölamli zarbalarni qayta tiklab, uni Hormuz böğoziga oid kelişuv şartlarini buzganlikda aybladi.