Özbekistonda iş vaqtida halok bölgan xodimlarning oilasiga 3,7 milliard sömdan ortiq tovon puli tölangan
3-05-2025, 11:09
397 марта
Özbekistonda iş vaqtida halok bölgan xodimlarning oilasiga 3,7 milliard sömdan ortiq tovon puli tölanganÖzbekistonda sodir bölgan baxtsiz hodisalar oqibatida halok bölgan xodimlarning oilalariga 3,7 milliard sömdan ortiq miqdorda tovon pullari undirib berilgani malum qilindi. Bu haqda AOKAda bölib ötgan brifingda Bandlik va kambağallikni qisqartiriş vazirligi Axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova malum qildi.
Malum qilinişiça, Mehnat qonunçiligiga binoan, agar xodim xizmat vaqtida baxtsiz hodisa oqibatida halok bölsa, uning oila azolariga quyidagi yordamlar körsatiladi:
Majburiy suğurta tölovlari – baxtsiz hodisa yoki ölim holati yuzasidan oila azolariga moliyaviy yordam körsatiladi.
Davlat tomonidan nafaqa – xodimning rafiqasi, farzandlari, ota-onasi va boşqa yaqinlariga tegişli tartibda nafaqa tayinlanadi.
Jinoiy javobgarlik – agar hodisa iş beruvçining xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganligi sababli yuz bergan bölsa, u jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin.
Iş joyidan qöşimça yordam – ayrim holatlarda iş beruvçilar tomonidan oila azolariga qöşimça mablağlar ajratilişi mumkin.
Öringa tölanmagan iş haqi va boşqa tölovlar – marhum xodimga tegişli barça tölanmagan mablağlar uning oila azolariga ötkaziladi.
“Bu tartiblar holatga qarab farq qilişi mumkin, ammo umumiy maqsad – xodim hayoti davomida qilgan mehnatining örnini qisman bölsa-da qoplaşdan iborat”, deyiladi bayonotda.