USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kolumbiya dahşati: mamlakatdagi zilzila qurbonlari 132 kişiga yetdi

67 марта
Колумбия даҳшати: мамлакатдаги зилзила қурбонлари 132 кишига етди

Keça, 10 avgust kuni Kolumbiyaning ğarbiy qismida sodir bölgan kuçli zilzila oqibatida 100 dan ortiq kişi halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Kolumbiya Prezidenti Abelardo De La Espriella xalqqa murojaat qilib, mamlakatda favqulodda holat elon qilinganini bildirgan. U qurbonlar soni 111 nafarga yetganini aytib, hukumatning barça imkoniyatlari insonlar hayotini saqlab qoliş, jabrlangan aholiga yordam beriş va zarur hududlarga yordam yetkaziş uçun safarbar etilganini aytgan.

“Birinçi navbatdagi vazifa – vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqariş”, degan mamlakat Prezidenti.

De La Espriella Tinç okeani sohilidagi Çoko provintsiyasi poytaxti Kibdo şahriga borib, uy-joyidan ayrilgan fuqarolarga ijara subsidiyalari berilişini vada qilgan. Şundan söng u Kolumbiyaning ğarbiy qismidagi eng yirik şahar – Kaliga yöl olgan.

Prezident 10 avgust kuni keçqurun mamlakat böyiça qurbonlar sonini yangilaşi kutilgan edi. Biroq u faqat Kali joylaşgan Vale-del-Kauka provintsiyasi böyiça malumot bergan. Uning aytişiça, uşbu hududda 35 kişi halok bölgan, 700 kişi jarohatlangan. Ayrim mahalliy OAVlar mamlakat böyiça qurbonlar sonini 132 kişi deb xabar qilgan, biroq bu raqam qayerdan olingani nomalum.

AQŞ Geologik xizmatining malumotiga köra, 7,4 magnitudali zilzila 107 kilometr çuqurlikda yuz bergan. Kolumbiya Geologik xizmati esa bu mamlakatda XXI asrda qayd etilgan eng kuçli zilzila ekanini malum qilgan.

Tunda ham qutqaruvçilar va köngillilar vayronalar ostida qolgan odamlarni izlaşda davom etgan. Kali, Armanya va Manisales şaharlarida komendantlik soati joriy qilingan. Kali meri talon-toroj xavfi sababli köçalarga politsiya va harbiylar jalb qilinganini bildirgan. Prezident şaharga qöşimça 1 000 nafar xavfsizlik xodimi yuborilişini vada qilgan.

Kali hukumati Tinç okeani musiqasiga bağişlangan Petronio Alvares festivalini ham qoldirgan. Festival ertaga, 12 avgust kuni boşlanişi kerak edi.

Zilzila kuçli sezilgan Pereyra şahrida yoş bola novvoyxona vayronalari ostida qolgan. Manisalesda esa maşhur neogotik soborning yon minoralaridan biri qulab tuşgan. Qutqaruvçilar, politsiya va köngillilar vayronalarni qölda tozalab, tirik qolganlarni izlamoqda. Kali şahrida öt öçiruvçilar qulagan binodan 2 nafar ayol va 2 nafar bolani qutqargan.

Kolumbiya fuqaro aviatsiyasi idorasi Pereyra, Manisales, Kibdo, Armanya, Kartago va Buenaventura aeroportlarida faoliyatni vaqtinça töxtatgan. Muhandislar inşootlarning xavfsizligini tekşirmoqda.

Kolumbiya Tinç okeani “Olov halqasi” hududida joylaşgan bölib, mamlakatda har oy minglab, asosan kuçsiz zilzilalar qayd etiladi.

Northwestern University seysmologi Syuzan van der Li zilzilaning kuçli magnitudasi, quruqlik içkarisida yuz bergani va siljiş tipidagi tektonik harakat aholi ziç joylaşgan hududlarda vayronagarçilikni kuçaytirgan bölişi mumkinligini aytgan.

Kolumbiya Geologik xizmati 10 avgust kuni keçgaça 21 ta takroriy silkiniş qayd etilganini malum qilib, yana zilzilalar sodir bölişi mumkinligidan ogohlantirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Venesuelada ketma-ket sodir bölgan 7,2 va 7,5 magnitudali zilzilalar oqibatida yuzlab binolar vayron bölib, 6 mingdan ortiq kişi halok bölgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: