Xomanaiy jismonan butunlay soğlom – Pezeşkiyon
Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon keça, 10 avgust kuni mamlakat Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy bilan uçraşganini va Xomanaiy jismonan butunlay soğlomligini malum qildi. Bu haqda “Fars” xabar berdi.
“U jismonan butunlay soğlom edi“, deydi Pezeşkiyon.
Prezident şuningdek, Eron rahbari bilan uçraşuv 7-8 soat davom etganini qöşimça qilgan.
Qayd etilişiça, Xomanaiy Pezeşkiyon bilan joriy yilning 9 avgust kuni uçraşgan. Siyosatçilar harbiy va iqtisodiy sohalardagi vaziyatni muhokama qilgan.
Uçraşuv Eron Oliy rahbari tasvirlangan videolavha OAVda elon qilinganidan söng bölib ötgan. Bu Eron va AQŞ örtasidagi mojaro boşlanganidan beri sönggi beş oy içida Xomanaiyning OAVda ilk bor körinişi bölgandi.
Şu vaqt davomida Eron rahbari jamoatçilik oldida biror marta ham körinmagan. OAVda esa Xomanaiy göyoki AQŞ va Isroilning Tehronga bergan zarbalari vaqtida halok bölgani haqida miş-mişlar tarqalgan.