AQŞda harbiy vertolyot qulab tuşdi. Qurbonlar bor
AQŞ armiyasining Fort-Xud bazasiga biriktirilgan “Apaçi” harbiy vertolyoti Texas ştatida halokatga uçraşi oqibatida 2 nafar askar halok böldi. Bu haqda Bell okrugi şerifi idorasi va Fort-Xud bazasi malum qildi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 12 avgust kuni Texasning markaz şahri Ostindan qariyb 100 kilometr şimolda joylaşgan Bell okrugida yuz bergan. Vertolyot dala hududiga qulagan va buning ortidan katta maydonda yonğin boşlangan.
Bell okrugi şerifi idorasi vakili Kliff Koulmanning malum qilişiça, voqea joyida sudya vertolyot bortida bölgan 2 kişining halok bölganini tasdiqlagan.
“Bugun “Apaçi” vertolyoti Fort-Xuddagi operatsiyalar vaqtida Bell okrugida halokatga uçradi va armiyamizning 2 nafar harbiy xizmatçisi halok böldi”, degan Texas gubernatori Greg Ebbott.
Fort-Xud bazasi ham AH-64 hujumkor vertolyoti halokatga uçragani va 2 nafar askar halok bölganini tasdiqlagan. Biroq ularning şaxsiga oid malumotlar qarindoşlariga xabar berilguniga qadar oşkor qilinmagan.
Hodisa joyida bir neçta mahalliy yonğin xavfsizligi bölinmalari işlagan. Ular katta maydonga tarqalgan yonğinni öçirişga harakat qilgan.
Hodisa joyidan olingan tasvirlarda öt öçiruvçilar kuygan dala hududidagi vertolyot qoldiqlarini tekşirayotgani, voqea joyidan esa tutun kötarilayotgani aks etgan.
Eslatib ötamiz, avvaloq AQŞning Yuta ştatida örmon yonğinini öçiriş işlarida qatnaşayotgan vertolyot halokatga uçragandi.