Etna yana “uyğondi”: Sitsiliyada parvozlar töxtatildi (foto)
Italiyaning Sitsiliya orolidagi Etna vulqonidan otilgan yangi kul havoga tarqalişi ortidan Kataniya aeroportida parvozlar töxtatildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Malum qilinişiça, keça, 12 avgust kuni Etna vulqonidan kul otilişi Şarqiy Sitsiliya havo hududida harakatlanişga çeklovlar joriy etilişiga sabab bölgan. Şu bois Kataniya aeroportidagi parvozlar töxtatilgan.

Vulqon kulining tasiri Sitsiliya bilan çeklanib qolmagan. Kul Janubiy Italiya tomondan Örta yer dengizi böylab janubga tarqalişi oqibatida qöşni Maltada ham ayrim reyslar bekor qilingan va sezilarli keçikişlar kuzatilgan.

Etna vulqoni Yevropadagi eng baland va eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi. Uning faollaşişi Sitsiliyaning asosiy havo darvozasi bölgan Kataniya aeroporti işiga tez-tez tasir körsatadi. Kataniya aeroporti yölovçilar oqimi böyiça Italiyadagi beşinçi eng gavjum aeroport hisoblanadi.

Vulqon faolligi va şamol yönalişining özgarişi sababli Şarqiy Sitsiliyada aviaqatnovlar bilan boğliq muammolar ötgan haftadan beri davom etmoqda.

Şuningdek, Kataniya aeroportidagi çeklovlar Sitsiliyaning boşqa aeroportlariga ham qöşimça yuklama tuşirgan. Palermo meri Roberto Lagalla sönggi kunlarda şahar aeroporti Kataniyaga rejalaştirilgan 190 ta reysni qabul qilgani yoki ularni amalga oşirişga xizmat qilganini malum qilgan.

Kataniyadan boşqa aeroportlarga yönaltirilgan ayrim yölovçilar esa avtobus va taksilarga talab keskin oşgani sabab transport masalasida yetarli yordam körsatilmaganidan şikoyat qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Indoneziyadagi Dukono vulqoni otilişi oqibatida uç sayyoh halok bölgani haqida xabar berilgan edi.