USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qariyb 10 mln yevrolik öğirlangan asarlar topildi

83 марта
Қарийб 10 млн евролик ўғирланган асарлар топилди

Italiya politsiyasi mamlakat şimolidagi muzeydan öğirlangan frantsuz rassomlari Per Ogyust Renuar, Pol Sezann va Anri Matissning uçta asarini topdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Malum qilinişiça, asarlar joriy yilning mart oyida Parma şahri yaqinidagi xususiy muzeydan öğirlangan. Ular politsiya tomonidan gumonlanuvçilardan birining uyidan topilgan.

Parma politsiyasi boşliği Andrea Palyaroning bildirişiça, jinoyat işi böyiça Moldovadan bölgan töqqiz kişi gumonlanuvçi sifatida qaralmoqda. Ularning beş nafari öğirlikda bevosita iştirok etgan bölişi mumkin.

Öğirlangan asarlar orasida Renuarning “Baliqlar” nomli asari, Sezannning qalam va akvarelda çizilgan “Olça bilan natyurmort” kartinasi hamda Matissning “Terrasadagi odaliska” akvareli bor. Ularning taxminiy bozor qiymati mos ravişda 3 million, 6 million va 20 ming yevro deb baholangan.

Asarlar Parma yaqinidagi sanatşunos va kollektsioner Luidji Manyani nomi bilan ataluvçi xususiy kollektsiyadan öğirlangan. Unda Titsian, Albrext Dyurer, Piter Paul Rubens va Fransisko Goyya kabi maşhur rassomlarning asarlari ham saqlanadi.

Muzey malumotlariga köra, öğrilar yuzlarini berkitgan holda binoga kiriş eşigini buzib oçgan va uç daqiqa içida kartinalar bilan birga hodisa joyidan qoçib ketgan. Muzey mamuriyati jinoyat oldindan rejalaştirilganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyaning şimoli-şarqidagi Lalique muzeyida yirik öğirlik sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: