Muzeydan qariyb 4 mln yevrolik zargarlik buyumlari öğirlab ketildi
Frantsiyaning şimoli-şarqidagi Lalique muzeyida yirik öğirlik sodir etildi. Nomalum şaxslar muzeyga bostirib kirib, qiymati qariyb 4 million yevroga baholanayotgan zargarlik buyumlarini öğirlab ketdi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa 6 iyulga ötar keçasi Vingen-sur-Moder şahridagi muzeyda sodir bölgan. Tergov manbalariga köra, öğrilar tonggi soat 05:30 atrofida binoga kirib, töğridan töğri zargarlik buyumlari saqlanadigan zalga kirgan.
“Yigirmaga yaqin zargarlik buyumlari öğirlangan. Hozirda zarar baholanmoqda, ammo u bir neça million yevroga, ehtimol tört millionga yaqin bölişi mumkin”, deyiladi xabarda.
Muzey mamuriyati hodisadan söng muassasa bir neça kunga yopilişini malum qilgan. Malumotlarga köra, öğrilik vaqtida signalizatsiya işga tuşgan. Biroq xavfsizlik xizmati tekşiruvni yakunlaganida voqea joyiga birinçi bölib farroş yetib kelgan va u politsiyani çaqirgan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari kuzatuv kameralari yozuvlarini örganmoqda, jinoyatçilarni aniqlaş böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning Gemer şahrida rus şoiri Aleksandr Puşkinning bronza haykali öğirlab ketilgandi.