Tramp “Makka kelişuvi”ni olqişladi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston örtasida tuzilgan Makka qöşma mudofaa kelişuvini “muhim qadam” deb atadi. Bu haqda Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozib qoldirdi.
Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uşbu bitimni “katta, jasoratli va muhim ilk qadam” deb atagan. Uning fikriça, kelişuv Yaqin Şarq mamlakatlarining birlaşayotganini körsatadi va ularga öz xavfsizligini mustaqil ravişda taminlaş imkonini beradi.
“Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston nihoyat Makka qöşma mudofaa kelişuvini imzolaganini körib juda xursandman”, deb yozgan Tramp.
Uşbu pakt uç davlat örtasidagi uzoq muddatli xavfsizlik hamkorligini rasman mustahkamlaydi hamda NATO tamoyillariga öxşaş jamoaviy mudofaa mexanizmini yaratadi.
“Bu Yaqin Şarq qanday qilib birlaşayotganini va mamlakatlar nihoyat özlarini yanada samarali himoya qila olişini körsatadi”, degan AQŞ Prezidenti.
Mazkur kelişuv joriy yilning 7 avgust kuni Makkada Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan va Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif tomonidan imzolangan edi. Hujjatga köra, uç davlatdan biriga qilingan qurolli hujum barçasiga qilingan hujum sifatida baholanadi.
Bildirilişiça, pakt Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston örtasidagi harbiy hamkorlikni kuçaytiriş, qöşma maşğulotlar ötkaziş hamda mudofaa sanoati sohasidagi aloqalarni kengaytirişni nazarda tutadi. Pokiston Taşqi işlar vaziri Işoq Dor uşbu kelişuv boşqa davlatlarga qarşi qaratilmaganini va mintaqadagi boşqa mamlakatlar uçun ham oçiq ekanini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan imzolangan özaro mudofaa töğrisidagi Makka kelişuvi uç davlatning strategik irodasi namunasi bölib, biror davlatga qarşi qaratilgan emasligini bildirgan edi.