USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trampning buyruğidan söng AQŞ va Janubiy Koreya harbiy maşğulotlarni qisqartirdi

46 марта
Трампнинг буйруғидан сўнг АҚШ ва Жанубий Корея ҳарбий машғулотларни қисқартирди

AQŞ va Janubiy Koreya Donald Trampning topşiriğidan söng har yili ötkaziladigan qöşma harbiy maşğulotlar muddatini 11 kundan 5 kunga qisqartirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Avvalroq, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Pentagonga Janubiy Koreya bilan qöşma harbiy maşğulotlarni “sezilarli darajada qisqartiriş”ni buyurgandi. Şundan söng qöşma harbiy maşğulotlar muddati 11 kundan 5 kunga qisqartirilgan.

Malum qilinişiça, joriy yilning 17 avgust kuni boşlangan Ulçi Freedom Şield maşğulotlari endi joriy yilning 21 avgustida yakunlanadi. Aslida esa maşğulotlar 27 avgustgaça davom etişi rejalaştirilgandi.

Janubiy Koreya Mudofaa vaziri An Gyu Bekning aytişiça, maşğulotlarning ikkinçi bosqiçi bekor qilinmoqda. Uşbu bosqiç mudofaa amaliyotlaridan keyingi qarşi hujum operatsiyalarini öz içiga olişi kerak edi. Şuningdek, ayrim qöşma dala maşqlari ham qisqartiriladi.

Pentagon vakili AQŞ maşğulotlar va ular bilan boğliq jonli öquv tadbirlaridagi iştirokini sezilarli darajada kamaytirganini, ayrim maşqlar esa bekor qilingani yoki simulyatsiya formatiga ötkazilganini malum qilgan.

Şimoliy Koreya esa maşğulotlarni yana bir bor qoralab, AQŞ va Janubiy Koreyani Koreya yarimorolida keskinlikni kuçaytirayotgan “uruşparastlar” deb atagan. Biroq Pxenyan bayonotida Tramp yoki maşğulotlarning qisqartirilişi tilga olinmagan.

Şuningdek, “The Wall Street Journal” naşrining yozişiça, Tramp yordamçilariga Kim Çen In bilan şu kuzdayoq yuzma-yuz uçraşuv taşkil etişni topşirgan. Naşr manbalariga köra, muzokaralar noyabr oyida Xitoyning Şençjen şahrida bölib ötadigan Osiyo–Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida ötkazilişi mumkin.

Janubiy Koreya Taşqi işlar vaziri Ço Xyonning aytişiça, Seul va Vaşington rasmiylari Trampning buyruğidan oldindan xabardor bölmagan. Prezident Li Je Myon esa mazkur maşğulotlar mudofaa xarakteriga ega ekanini va Şimoliy Koreyaga qarşi qaratilmaganini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: