USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şimoliy Koreya dengiz tomon ballistik raketa uçirdi

90 марта
Шимолий Корея денгиз томон баллистик ракета учирди

Keça, 11 avgust kuni Şimoliy Koreya AQŞ va Janubiy Koreyaning yirik qöşma harbiy maşğulotlari boşlanişiga bir neça kun qolganida Koreya yarimorolining şarqiy sohili yaqinidagi dengiz tomon ballistik raketa uçirdi. Bu haqda Janubiy Koreya va Yaponiya mudofaa idoralari xabar qildi.

Qayd etilişiça, raketa qariyb 700 kilometr masofani bosib ötgan va Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonasidan taşqaridagi dengizga tuşgan. Yaponiya Mudofaa vazirligi raketa maksimal 90 kilometr balandlikka kötarilganini malum qildi.

Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik boşqarmasi raketa uçirilişi ortidan favqulodda yiğiliş ötkazgan. Seul Pxenyanni BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalarini buzuvçi provokatsiyalarni töxtatişga çaqirgan.

Janubiy Koreya harbiylari AQŞ bilan qöşma mudofaa tizimi doirasida har qanday provokatsiyaga “haddan taşqari kuç bilan” javob berişga tayyorligini bildirgan.

Yaponiya ham raketa uçirilişini keskin qoralagan. Yaponiya Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi Tokio Pekindagi elçixonasi orqali Şimoliy Koreyaga diplomatik kanallar orqali kuçli norozilik bildirganini aytgan.

Janubiy Koreya Qöşma ştab boşliqlari qömitasiga köra, raketa Şimoliy Koreyaning şarqiy sohilidagi Vonsan hududidan mahalliy vaqt bilan taxminan soat 06:00 da uçirilgan.

Raketa sinovi Seul va Vaşington 17–27 avgust kunlari yirik qöşma harbiy maşğulotlar ötkazişni rejalaştirayotgan bir paytga töğri kelgan. Maşğulotlar Şimoliy Koreyaning yadroviy va qurol-yaroğ imkoniyatlariga qarşi harakat qilişga qaratilgan.

Pxenyan AQŞ va Janubiy Koreyaning qöşma harbiy maşğulotlarini avvaldan keskin qoralab keladi. Şimoliy Koreya hozirça raketa uçirilişi yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Şuningdek, Şimoliy Koreya joriy yilda qisqa masofali ballistik raketalar, artilleriya raketalari va boşqa taktik qurollarni bir neça bor sinovdan ötkazgan.

Eslatib ötamiz, avvaloq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rossiyaning 11 avgust kuni Zaporoje şahriga qilgan hujumida Şimoliy Koreya ballistik raketasidan foydalanilganini aytgandi. Uning malum qilişiça, hujumda 7 nafar işçi halok bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: