Şimoliy Koreya ketma-ket ballistik raketalar uçirdi
8-04-2026, 20:23
259 марта

Şimoliy Koreya ketma-ket ballistik raketalar uçirdi
Janubiy Koreya Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi malumotlariga köra, KXDR mahalliy vaqt bilan soat 14:20 atrofida (Toşkent vaqti bilan 10:20) Vonsan hududidan şarqiy sohil tomon nomalum raketani uçirgan.
Şu kuni ertalab ham Şimoliy Koreya aynan şu hududdan bir neçta qisqa masofali ballistik raketalarni uçirgan edi. Raketalar taxminan 240 kilometr masofaga uçgan.
Hozirda Janubiy Koreya va AQŞ mutaxassislari parvoz tafsilotlarini çuqur tahlil qilmoqda. Şuningdek, 7 aprel kuni Pxenyan yaqinidan ham ballistik raketa deb gumon qilingan snaryad uçirilgani qayd etilgan.
Janubiy Koreya prezidentining Moviy uyi (prezident qarorgohi) 8 aprel kuni Milliy xavfsizlik kengaşining favqulodda yiğilişini ötkazdi. Seul uşbu harakatlarni BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalarini buzuvçi provokatsiya deb atadi va Pxenyanni sinovlarni töxtatişga çaqirdi.
Yaponiya qirğoq qöriqlaş xizmati oxirgi raketaning uçirilganidan 10 daqiqa ötib dengizga tuşganini malum qildi. Tokio xabariga köra, raketalar Yaponiya hududiy suvlariga yoki iqtisodiy zonasiga kirmagan.
“Pxenyanning harakatlari mintaqadagi va xalqaro hamjamiyatdagi tinçlik hamda xavfsizlikka tahdid soladi”, dedi Yaponiya Vazirlar Mahkamasi boş kotibi Minoru Kihara.