2026 yilning eng “olifta” iti aniqlandi
Moda haqidagi maşhur “Vogue” jurnali uy hayvonlariga bağişlangan tanlovda 2026 yilning eng pörim itini aniqladi. Bu haqda keça, 18 avgust kuni jurnal saytida xabar berildi.
Qayd etilişiça, tanlov egalari tomonidan öz itlarining suratlari bilan yuborilgan minglab arizalar asosida ötkazilgan. Tanlov hakamlari ğolibni suratning kompozitsiyasi, surat orqali oçib berilgan itning xarakteri va jurnalning moda ruhiga mosligini aks ettiruvçi “dogueness” mezoni böyiça tanlab olgan.
Yakunda 2026 yilgi tanlov ğolibi deb Ser Spad (Sir Spud) laqabli italiyalik greyxaund (kiçik tozi) zotiga mansub it topilgan. U özining mukammal oğir-bosiqligi va sinçkov qaraşi bilan hakamlar etiborini qozongan.
“Hakamlarimiz 25 nafar finalçining suratlari stol ustida tartib bilan terib qöyilgan majlislar zaliga kirib kelişganda, havoda oğir sukunat çökkan edi. Davogarlar sinçkovlik bilan örganib çiqilgaç, şiddatli muhokama va bahs-munozaralar boşlandi va faqat birgina “Dogue” ğoliblik şohsupasiga kötarildi. “Vogue”ning 2026 yilgi “Dogue” tanlovi ğolibi – Ser Spad!
Hammasi bizning rasmiy mezonlarimizga borib taqaldi: fotokompozitsiya (50 foiz), surat orqali oçib berilgan itning xarakteri (25 foiz) va haqiqiy “dogueness” (moda ruhiga moslik) (25 foiz). Ser Spad avvaliga özining mukammal oğir-bosiq holati bilan etiborimizni tortdi, söng özining dono va şu bilan birga juda sinçkov qaraşlari bilan bizni butunlay mahliyo qildi”, deyiladi jurnal xabarida.
“Vogue”ning qöşimça qilişiça, ğolib it moda olamidagi uy hayvonlariga bağişlangan “Dogue” raqamli jurnalining muqovasida paydo böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq xalqaro hakamlar hayati ilk bor dunyodagi eng gözal sözni tanlagan edi. Bu Yangi Zelandiyaning tub aholisi bölmiş maori xalqi tilidagi “kaytiakitanga” (kaitiakitanga) sözi bölib, u özbek va boşqa köplab tillarda aniq muqobilga ega emas.